O‘ZBEK VA TURK TILSHUNOSLIGIDA EGA TALQINI
Journal: ULUSLARARASI TÜRK LEHÇE ARAŞTIRMALARI DERGİSİ (TÜRKLAD) International Journal Of Turkic Dialects Research Международный Журнал Исследований Тюркских Наречий (Vol.3, No. 1)Publication Date: 2019.06.20
Authors : Zilola XUDAYBERGENOVA;
Page : 6-19
Keywords : O‘zbek Tili; Turk Tili; Sintaksis; Ega; Eganing Tasnifi;
Abstract
O‘zbek va turk tillarining qiyosiy tadqiq etilishiga doir bir qator tadqiqotlar mavjud. Biroq bu ishlar asosan qiyoslanayotgan tillarning leksik va morfologik xususiyatlarining tadqiqini o‘z ichiga oladi. O‘zbek va turk tillarining sintaktik xususiyatlari, xususan, ega, eganing o‘zbek va turk tilshunosligidagi talqini va tadqiqi, ifoda materiallari solishtirilib o‘rganilmagan. Zero, turk tilshunosligida va o‘zbek tilshunosligida eganing talqinida tasniflanishida farqli yondashuvlar ko‘zga tashlandi. O‘zbek tilshunosligining rus tilshunosligi ta'sirida, turk tilshunosligining g‘arb tilshunosligi, asosan fransuz va nemis tilshunosligi ta'sirida shakllanganligi natijasida gapning bosh bo‘laklarini, xususan, eganing talqini va tadqiqida farqli yondashuvlarning tatbiq etilgani ko‘zga tashlanadi. Turk tilshunosligida ega vazifasida kelgan so‘zlar va so‘z birikmalarining leksik-semantik mazmuni, sintaktik qurshovi, sintaktik vazifasi ham diqqatga olinadi. O‘zbek tilshunosligida ega vazifasida kelgan so‘zlar va so‘z birikmalarining ko‘pincha jumladan ajratilgan holda o‘rganilganligi kuzatiladi. Bundan tashqari , o‘zbek tilida eganing tuzilishiga ko‘ra turlari ham tasniflangan. Bu maqolda o‘zbek va turk tilshunosligidagi eganing talqin qilinishi, eganing ifodalanish usullari qiyoslab o‘rganiladi, ular o‘rtasidagi umumiylik va tafovutlar aniqlanadi. O‘zbek tilshunosligida sintaktik birliklar tadqiqida qo‘llanilgan usullarga asoslangan holda qiyoslanayotgan tillardagi ega, uning struktur turlari, ifodalanish usullari o‘rganiladi. Eganing ifoda materiallari solishtirish jarayonida, bu vazifada kelgan so‘z turkumlarining grammatik xususiyatlari ham tavsiflanadi.
Other Latest Articles
- MOĞOLCADA PEKİŞTİRME VE YANSIMA / ÜNLEM SÖZLER
- Modern Era of Rice (Oryza Sativa L.) Genomics for Precise Genomics-Assisted Drought Breeding| Biomed Grid
- A Novel Treatment of Symptomatic Menopause Autologous Ovarian Transplantation Research in Progress| Biomed Grid
- Arab Society for Pediatric Endocrinology and Diabetes (ASPED) Masterclass in Pediatric Bone Disease 2nd November 2018, Dubai, United Arab Emirates| Biomed Grid
- Sub-Acute Toxicity Study of Ethanol Leaf Extract of Terminalia Chebula On Brain, Stomach and Spleen of Wister Rats| Biomed Grid
Last modified: 2019-06-21 18:29:37