ALISHER NAVOIY ASARLARIDA O‘ZLASHGAN KIYIM-KECHAK LEKSEMALARI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 4)Publication Date: 2021-05-07
Authors : Maxammadiyev Xurshid Lutfullayevich;
Page : 596-606
Keywords : kiyim-kechak; bosh kiyim; ust kiyim; diniy kiyim; shayx kiyim; leksema; ma’no;
Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida davrga xos ayrim o‘zlashgan kiyim-kechak leksemalari tadqiq etildi, misollar orqali izohlandi. Alisher Navoiy asarlari lug‘at tarkibidagi o‘zlashgan kiyim-kechak leksikasi (KKL)ni aniqlash tilimiz tarixi, o‘zgarishlari, leksik boyligi, XV asrda o‘zbek xalqning turmush-tarzi, madaniyati haqida tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. Alisher Navoiy asarlarida uchraydigan o‘zlashgan qatlam kiyim-kechak nomlari tarixi ko‘hna yozma manbalarga borib taqaladi. Masalan, xil'at, qabo, jubba, xirqa, hulla, abo, rido, taylason, toqiya, amoma, burqa' singari KKLini arab tilidan o‘zlashgan kiyim-kechakka oid leksemalar qatorida ko‘rsatishimiz mumkin. Bu leksemalarning ko‘pchiligi hozirgi tilimizda biroz fonetik va ma'no o‘zgarishi bilan qo‘llanib kelinmoqda. Maqolada Alisher Navoiy qo‘llagan ayrim arab va fors tillaridan o‘zlashgan kiyim-kechak nomlari qadimgi va eski turkiy tilga, shuningdek, zamonaviy turkiy tillarga, jumladan, hozirgi o‘zbek tiliga qiyoslab, leksik-semantik va etimologik jihatdan tadqiq etildi. Tarixiy kiyim nomlari bizga turli adiblar, yozuvchilar, tarixchilar asarlari orqali etib keladi. Shu jihatdan Alisher Navoiy asarlari ham nodir manbalardan biri hisoblanishi, asarlarida kiyim-kechak nomlari o‘z qatlamga oid leksemalar, shuningdek, o‘zlashgan qatlamga oid birliklar bilan ham ifodalanganligi maqolada o‘rganilgan.
Other Latest Articles
Last modified: 2021-05-22 05:33:38