ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

FAXRIY HIRAVIY “LATOYIFNOMA”SINING YOZILISH TARIXI, QO‘LYOZMA VA NASHR NUSXALARI, O‘RGANILISHI

Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 4)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 1377-1386

Keywords : “Latoyifnoma”; “Majolis un-nafois”; Navoiy; Faxriy; tazkira; qo‘lyozma; “Ravzat us-salotin”; “Javohir ul-ajoyib”; “Torixi Sind”; Xuroson; Hirot;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mir Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”i turkiy va forsiy xalqlar adabiyotining o‘rganilishi uchun eng asosiy ilmiy va tarixiy manbalardan biri hisoblanadi. Shu sababdan bu tazkira fors tiliga bir necha marotaba tarjima qilingan. Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasining ilk tarjimasi “Latoyifnoma” tazkirasining yozilish tarixi, qo‘lyozma va qadimgi nusxalari xususida batafsil ma'lumot berilgan. Faxriy Hiraviyning “Latoyifnoma”si tadqiqi yo‘lida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar, Rahim Vohidov, Suyima G‘aniyev, Boturxon Valixo‘jaev, Dilorom Salohiy kabi O‘zbekistonlik olimlar va xorijlik tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy ishlarga to‘xtalib o‘tgan va bugungi kungacha o‘rganilmagan jihatlari xususida to‘xtalib o‘tgan. Mavzuni batafsil ochib berish maqsadida mazkur tazkiraning Eron, Pokiston va boshqa mamlakatlarda saqlanayotgan qadimgi nusxalaridan foydalangan. Maqolada “Latoyifnoma”ning adabiy va tarixiy ahamiyati alohida ta'kidlab o‘tilgan. “Latoyifnoma”ning qadimiy nusxalari va yangi nusxalari xususida ham batafsilroq ma'lumot berilgan. “Latoyifnoma” tazkirasining qadimgi matnlarini tadqiq etish uchun uning ba'zi bir qadimgi nusxalari va qadimgi nusxalar xususida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlaridan foydalanildi. Maqolada “Latoyifnoma”dan tashqari Faxriyning boshqa asarlari hamda uning tarjimai holi xususida ham qisqacha ma'lumot berilgan.

Last modified: 2021-06-12 15:32:16