PEDAGOG KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINING TALABALAR O‘ZLASHTIRISH FAOLIYATIGA BOG‘LIQLIGI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 4)Publication Date: 2021-05-07
Authors : Amirov Nurbek Islamovich;
Page : 1583-1589
Keywords : pedagogik muloqot madaniyati; axborot almashinuvi; pedagogik odob; ijtimoiy jarayonlar; pedagogik relaksatsiya; paralingvistik tizim; ekstralingvistik tizim;
Abstract
Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning talabalar jamoasi bilan o‘zaro muloqoti muhim ahamiyatga ega. Pedagog talabalar bilan qanday muloqotga kirishishi, uning faoliyati samarasini belgilaydi. Afsuski, bugungi ta'lim amaliyotida pedagogik muloqot jarayonida o‘qituvchilar tomonidan ko‘pincha ehtiyotsizlik, shaxsiyatparastlik, suhbatdoshni ortiqcha majburlash, sustkashlik, o‘zini juda yuqori yoki past qo‘yish, haddan tashqari jonbozlik ko‘rsatish kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi ham sir emas. Pedagogik muloqot ruhiy-psixologik ta'sir kuchiga ega. Bu talabalarning bilim o‘zlashtirish darajasiga ham ta'sir ko‘rsatadi. Shu sababli uni tashkil etishda muloqot jarayonining ijobiy bo‘lishini ta'minlash pedagogning zimmasiga katta mas'uliyatni yuklaydi. Agarda to‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot talabada qo‘rquvning yuzaga kelishi, ishonchsizlikning tug‘ilishi, diqqat, xotira va ish qobiliyatining susayishi, nutq me'yorining buzilishi kabilarga sabab bo‘lsa, bu o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirish faoliyatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi, aksincha, nazariy-pedagogik va amaliy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilgan muloqot yuqoridagi holatlarning aksini keltirib chiqaradi. Natijada talabalarda o‘qishga va mustaqil o‘rganishga, fikrlashga bo‘lgan qiziqish ortadi. Maqolada shular xususida fikrlar bayon qilingan.
Other Latest Articles
- О ПРОИЗВЕДЕНИИ САЙИДА МУХАММАДА ТАХИРА ИБН АБУЛ КАСИМА КАСАНИ «АЖОЙИБ АТ-ТАБАКАТ»
- ИЗУЧЕНИЕ ТЕХНОЛОГИИ ИЗВЛЕЧЕНИЯ ВОЛЬФРАМОВОГО ПРОДУКТА ИЗКЕКА НПО АО «АЛМАЛЫКСКИЙ ГМК»
- MEVA VA REZAVOR MEVA EKINLARIDA SELEKSIYA ISHLARI
- LINGVOMADANIYATSHUNOSLIK FANINING TARIXIY VA NAZARIY NEGIZLARI
- THE ARTISTIC WORLD OF ESHKOBIL SHUKUR
Last modified: 2021-07-22 06:10:33