OQIMLARNING INTERNETDA GAVDALANISHI: PROTESTANTIZMNING PRESVITERIANLIK VA BAPTISTLIK YO‘NALISHLARI MISOLIDA
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 7)Publication Date: 2021-08-14
Authors : Niyazova Shohsanam;
Page : 179-188
Keywords : onlayn diniy amaliyotlar; “Presbynet”; “Sbcnet”; AQSh presviterian cherkovi; Janubiy baptistlar konvensiyasi; “Baptistlik e’tiqodi va missiyasi” kitobi.;
Abstract
Maqolada kibermakonga birinchilardan bo‘lib kirib kelgan xristian dini, xususan, uning oqim va yo‘nalishlari to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Tadqiqotda xristian jamoalari dastlabki onlayn tarmoq va veb-saytlarni yaratishidan ko‘zlagan maqsadlari ochib berilgan. AQSh presviterian cherkovi hamda dunyodagi eng yirik baptistlar milliy tashkiloti – Janubiy baptistlar konvensiyasining saytlari tahlil uchun olinib, bu saytlarda ko‘rsatgan ilk onlayn xizmatlar, ularning ko‘lami va zarurati o‘rganilgan. Olimlar fikriga tayanilgan holda nasroniylik tarixidagi birinchi kibercherkov, uning yaratilishi, virtual imkoniyatlari va an'anaviy cherkovlardan farqi tahlil qilingan. Muallif bu orqali kibercherkovlarning an'anaviy cherkovlardan ustun tomonlari va kamchiliklarini aniqlashga urinadi. Qolaversa, butun dunyoda avj olayotgan tendensiya, ya'ni onlayn diniy amaliyotlarning yuzaga kelishi, asoslari va ommalashishining sabablarini o‘rganishga intiladi. Internet makonida birinchilardan bo‘lib ochilgan xristian diniy saytlari (sbcnet.org va pcusa.org) bugungi kunda ham o‘z faoliyatini uzluksiz olib borayotgani inobatga olinib, ularning kontenti 1996, 2010 va 2021-yillar kesimida qiyoslash usulida tadqiq qilingan. Natijada ushbu saytlarning rivojlanish tendensiyalari, e'tiqod qiluvchilarni o‘ziga jalb etish mexanizmlari oydinlashgan.
Other Latest Articles
- JAMIYAT IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTIDA AYOLLAR IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH OMILLARI
- CHET TILLАRINI MАSОFАVIY O‘QITISHDА INTERFАОLLIK MUАMMОSI
- ВЛИЯНИЕ АКРИЛОВОГО ПОЧВЕННОГО КОНДИЦИОНЕРА НА ПРОДУКТИВНОСТЬ И УСТОЙЧИВОСТЬ МЯГКОЙ ПШЕНИЦЫ К БОЛЕЗНЯМ
- ЛИЧНОСТЬ АНЬ ЛУШАНЯ И ЕГО РОЛЬ В ИСТОРИИ КИТАЯ
- ANATOMO PHYSIOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE DIGESTIVE SYSTEM IN CHILDREN (LITERATURE REVIEW)
Last modified: 2021-09-21 03:06:33