ESTETIK FIKR TARIXIDA SAN’AT MA’NAVIYAT FENOMENI SIFATIDA
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 10)Publication Date: 2021-11-07
Authors : Аllayarova Marhabo Mavlanovna;
Page : 212-220
Keywords : tizim; uyg‘unlik; estetik ong; рационализм; классицизм; san’at; tafakkur; axloqiylik; ma’naviylik; феномен.;
Abstract
San'at insoniyatning badiiy va estetik ijodining ma'naviy va amaliy mahsuli, estetik faoliyati va ehtiyojini qondirishning o‘ziga xos usulidir. Bunda san'atning inson ma'naviyatining mahsuli ekanligini va u noyob va betakrorligi bilan inson ruhiyatini junbushga keltiradigan va unga ruhiy qudrat bag‘ishlaydigan kuch ekanligini anlash kerak bo‘ladi. Shunga kura san'atning ushbu xususiyatini o‘rganish va tahlil qilish ilm fan oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Maqolada san'atdagi his-tuyg‘u va tafakkur uyg‘unligi, uning estetik ong shakli va estetik faoliyatni belgilaydigan muhim jihati ekanligi ochib beriladi. Uning ma'naviyat tizimining tarkibiy qismi sifatida ma'naviyat fenomeni maqomida amal qilishining zaruriy sharti ekanligi tahlil etiladi. Ijtimoiy ong shakllari san'atdagi his-tuyg‘u va tafakkur uyg‘unligi orqali o‘zaro funksional aloqaga kirishadilar va jamiyat ma'naviy hayoti maqomida amal qiladilar, qadriyatlarga aylanadi. Shu ma'noda san'at faqat ma'naviyatni kamol toptirish, yuksaltirish omili emas, balki uning mavjudlik usuli, mezoni bo‘lib hisoblanadi. San'atning ma'naviyat tizimi tarkibida tutgan xuddi ana shu funksional, tizim tashkil etuvchi xususiyati tadqiqotchilarning e'tiboridan chetda qoladi
Other Latest Articles
- USING INTERACTIVE METHODS WHILE PREPARING FOR THE PRIMARY CLASS MUSICAL CULTURE LESSONS
- HELPFUL METHODS TO LEARN AND DIFFERENTIATE PHRASEOLOGICAL UNITS
- NTERCULTURAL COMMUNICATION AS AN ATMOSPHERE OF MUTUAL UNDERSTANDING OF SPEAKERS OF DIFFERENT CULTURES
- KARTOSHKA TUGANAKLARINI SARALASH MASHINALARINING SAMARADORLIK ASOSLARI
- TUPROQQA AG‘DARGICHLI VA AG‘DARMASDAN ISHLOV BERISH USULLARINING TAHLILI
Last modified: 2021-11-19 08:17:05