BOSHQARUV REGLAMENTINI TASHKIL ETISHDA AXLOQIY TAMOYILLARNING O‘RNI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.1, No. 11)Publication Date: 2021-12-09
Authors : Shakarov O‘.B.;
Page : 359-370
Keywords : davlat; jamiyat; adolat; adolat konsepsiyasi; reglament; boshqaruv reglamenti; axloq; axloqiy qadriyatlar; rahbar; rahbar axloqi; tanqid; rag‘bat;
Abstract
Mazkur maqolada boshqaruv reglamentini tashkil etishda axloqiy tamoyillarning o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, boshqaruv reglamentatsiyasini tashkil etish va uning amaliyligini ta'minlash rahbar va xodimlar o‘rtasidagi axloqiy munosabatlarni mustahkamlaydi. Boshqaruv belgilangan axloqiy qadriyatlarga asoslanishi jamoada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan turli xil nizo va ixtiloflarni bartaraf etishning huquqiy negizi bo‘lib xizmat qilishi bilan bir qatorda adolatli boshqaruvni ta'minlashda muhim vosita ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, rahbarning o‘z xodimlariga nisbatan rag‘bat va intizomiy choralarni qo‘llash tartiblari, jamoaviy mehnat samaradorligini oshirish, o‘zaro munosabatlar muvozanatini ta'minlashning muhim ma'naviy-tarbiyaviy vositalari yoritiladi. Rahbarning boshqaruvni hamkorlik asosida tashkil etish uslubi takomillashib borayotganligi, muammolar yechimi xususida xodimlar bilan muntazam majlislar o‘tkazish, rahbar va xodimlar o‘rtasida ochiq muloqot, xodimlarning tashkiliy vazifalarni hal etishda ishtiroki, bo‘lim va boshqarmalarga mustaqil qaror qabul qilish, moddiy ne'matlarni taqsimlash vakolatlarini berish, ishchilarning rejalashtirish jarayonlarida qatnashish uslublari haqida so‘z yuritiladi.
Other Latest Articles
- KOMIL IKROMOV IJODIDA VATAN MAVZUSI VA MUAMMOLARINING BADIIY AKS ETISHI
- O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI: MILLIY MANFAATLARGA ASOSLANGAN FAOL VA PRAGMATIK YO‘L
- FALSAFIY DUNYOQARASH BARCHA EZGU-NIYATLARNI AMALGA OSHIRUVCHI MA’NAVIY KUCHDIR
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DINIY TA’LIM VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
- ALOUDDIN ATOMALIK JUVAYNIYNING “TARIXI JAHONGUSHOY” ASARI XORAZMSHOHLAR DAVLATI TARIXIGA OID MUHIM MANBA
Last modified: 2021-12-26 04:24:58