Tilshunoslikda til va nutq dialektikasi
Journal: Science and Education (Vol.2, No. 12)Publication Date: 2021-12-25
Authors : Baxtigul Sodiqova; Dilshod Bobojonov; Sayram Jo'rayeva;
Page : 634-640
Keywords : “barqaror mohiyat”; “harakatdagi kuchlar”; buyuk nazariyotchi; “tildagi barqarorlik va o’zgaruvchanlik”; diaxron; sinxron; nutq dialektikasida;
Abstract
Til va nutq dialektikasi nazariy tilshunoslikning, shuningdek, amaliy tilshunoslikning hamda psixologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarning ham muhim va murakkab muammolaridan biri bo'lib, ayni masala jahon tilshunosligining doimiy diqqat markazida turgan eng muhim masalalaridan biridir. XX asr tilshunosligining - sistem tilshunoslikning bosh, asosiy mezoni til va nutq munosabati, til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlash bo'ldi. Ta'kidlash shart, til va nutq dialektik munosabati o'zining dastlabki haqiqiy, mukammal ilmiy nazariy yechimini tilshunoslik fanida keskin burilish yasagan buyuk tilshunos olim Ferdinand de Sossyur asarlarida topdi. Demak, til va nutq masalasi nafaqat sistem tilshunoslikning, umuman, jahon tilshunosligi fanining hamma davrlaridagi ham diaxron, ham sinxron bosqichlaridagi eng jiddiy nazariy muammosi bo'lgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.
Other Latest Articles
- Challenges and new technologies of teaching foreign languages in preschool educational institutions
- Ta’limda multmedianing ro’li va muhimligi
- Semantic peculiarities of mesurative phraseological units in English
- Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari pedagogik muammo sifatida
- Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
Last modified: 2021-12-31 01:27:37