Armaturalangan ikki qiyali yog‘och to‘sinni loyihalash
Journal: Science and Education (Vol.3, No. 2)Publication Date: 2022-02-25
Authors : Sardor Shoyzaqovich Sarimsoqov;
Page : 175-183
Keywords : konstruksiya; to’sin; yog’och; rigel; gorizont; tugun; kuchlanish; deformatsiyalanishi;
Abstract
Ushbu maqolada boshqa turdagi materiallarga nisbatan engilligi, agressiv muhitga chidamliligi va harorat ta'siridan chiziqli kengayish koeffitsientining kichik bo‘lishi bilan ajralib turadigan yog‘ochdan tayyorlangan konstruksiyalarning afzalligi asoslangan. Yog‘och konstruksiyalardan tiklangan binolarni isitish va sovutish uchun sarf qilinadigan energiya miqdori temirbeton konstruksiyalardan tiklanadigan binolarga nisbatan 65% kam ekanligi ta'kidlangan. Bundan tashqari yog‘och konstrukiyalarning engil bo‘lganligi sababli zilzilabardosh ekanligi asoslangan. Maqoladi shu sohada tadqiqotlar olib borgan olimlar ishlari tahlil qilingan. Armaturalangan ikki qiyali yog'och to'sinni konstruktiv yechimi keltirilgan va bu to'sinni elementlarining tashqi yuklar va seysmik ta'sirdan kuchlanish-deformatsiyalanishi sonli usulda tadqiq qilingan. Bunda rigel yuqori tarkibli tasmasining gorizontga nisbatan qabul qilingan. bo‘yicha bajarilgan hisoblar tahlili natijasida armaturalangan ikki qiyali yog'och to'sinni ko‘ndalang kesimlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Rigel yuqori tarkibli tasmasining gorizontga nisbatan bo‘lganda tadqiqotlar o‘tkazish tavsiya etilgan.
Other Latest Articles
- Energiya samarador uylar qurilishini qishloq sharoitida ommalashtirish istiqbollari
- Qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratishda GAT dasturlarini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish
- Metnodysis solidarites of the land-shaft-indicatiousis of investigations of the oil-gas distribution structures in Uzbekistan
- Mamlakatimizda yo’llarni qurish va ta’mirlashda asfaltbeton zavodlarning o’rni
- Bino xonalaridagi mikroiqlim ko‘rsatkichlari
Last modified: 2022-03-04 12:51:33