ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Bino perspektivasini qurish va perspektivada soyalar yasash

Journal: Science and Education (Vol.3, No. 5)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 312-320

Keywords : bino; perspektiva; soya;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Buyum tuzilishi, hajmi to‘g‘risidagi ma'lumotning aniq bo‘lishi uni qanday darajada yoritilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar faqat yorug‘lik bo‘lib soya bo‘lmasa yoki faqat zulmat (qorong‘ulik) bo‘lib yorug‘lik bo‘lmasa oddiy ko‘z orqali hech bir narsani ko‘ra olish va tasavvur qilish mumkin bo‘lmasdi. Tasviriy san'atda rassomlar yorug‘likning tushish yo‘nalishi va yorug‘lik kuchiga katta ahamiyat beradilar. Masalan, jahldor kishi rasmini chizayotganda yorug‘lik nuri jag‘dan pastdagi qismdan yo‘naltirilsa, asardan ko‘zlangan psixologik holat samarali ochib berilgan bo‘ladi. Buyumning to‘g‘ri qurilgan perspektivasi uning tuzilishi haqida ma'lumot beradi. Biroq, uning perspektiv tasvirida yorug‘ va soyani aql bilan bajarish buyum yaqqolligini sezilarli darajada oshiradi. Shunday ekan yorug‘-soyadan aql bilan foydalanish rassomga qiziqarli va murakkab kompozitsion yеchim topa olish imkoniyatini beradi.

Last modified: 2022-06-13 03:10:23