ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Ijodkorlardagi tasavvur va fantaziya aktyor misolida

Journal: Science and Education (Vol.3, No. 10)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 483-486

Keywords : Tasavvur; fantaziya; diqqat; harakat; moslashuv; kuzatish; his etish;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Tasavvur elementi - hayotiy (real) muxitda, turli sharoitlarda aktyor o'zini ko'ra olish qobiliyati, o'sha vaziyatda qahramon o'rnida o'zini ko'ra bilish saloxiyati. Fantaziya esa ehtimoldan uzoq bo'lgan (irreal) sharoitlarda aktyor o'zini ko'ra olish qobiliyati yoki aslida yo'q manbalarni ko'rishi. Irreal bu - haqiqiy hayotda mavjud bo'lmagan, afsonaviy, diniy,ertaklar olami haqida fantastik qarash, ilmiy gipoteza. Yaxshi o'zglashtirilgan va ixtiyor izmida bo'lgan tasavvur, mashg'ulotning eng foydalidir hisoblanadi. Masalan sahnada pyesa ustida bo'ladigan mashg'ulotdan avval, berilgan rolni tasavvurda qayta-qayta mashq qilib ko'rish lozim. Bunday mashqlarning foydali tomoni shundan iboratkim, uning uchun jismoniy harakat, maydon, makon talab qilinmaydi. Jismoniy kuch ham sarflanmaydi. Shuningdek sahnadagi hamrohingiz bilan bajaradigan xatti-harakatlaringizni ham shu yo'sinda mashq qilib ko'rishingiz mumkin. Keyinchalik, rejissyor va yo'ldoshlaringiz bilan sahnadagi amaliy ishdan bo'sh vaqtingizda ham tasavvurda mashg'ulotni davom ettirishingiz mumkin.

Last modified: 2022-10-30 21:27:01