ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Shartli-patogen flora tomonidan qo’zg’atiladigan o’tkir ichak infeksiyalarning klinik va epidemiologik xususiyatlari

Journal: Science and Education (Vol.4, No. 1)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 220-227

Keywords : opportunistik flora; o’tkir ichak infektsiyasi; bakterial infeksiya;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

JSST ma'lumotlariga ko'ra, har yili dunyoda bir milliardga yaqin diareya kasalligi qayd etiladi. O'tkir ichak infektsiyalari (O'II) bilan kasallanish yuqori darajada bo'lib, barcha yuqumli kasalliklar orasida barqaror ravishda 2-3 o'rinni egallaydi [3, 7] va aniqlangan etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalari ulushi ortib bormoqda. Ko'rib chiqilayotgan kasalliklarning 87,6 % bakterial xususiyatga ega bo'lib, ularning katta qismi Enterobacteriaceae oilasining shartli-patogen bakteriyalaridan kelib chiqadi [1, 6]. Eng keng tarqalgan patogenlar - Proteus mirabilis, P. vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter cloacae, E. aerogenes, Citrobacter freundii, Serratia xisoblanadi [2, 4 ]. Inson patologiyasida shartli-patogen mikroorganizmlarning roli ortib borishining sabablaridan turli xil muhit omillari ta'sirida ularning biologik xususiyatlarining o'zgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy va epidemiologik sharoitlar o'zgarishi bilan bog'liq. Ichak mikroflorasining o'zgarishi (ko'pincha yuqumli genezli) erta yoshdagi bolalarning immun tizimidagi o'zgarishlar bilan kelib chiqadi. Immun tizimining hujayraviy va gumoral parametrlarining buzilish holati organizmning rezistentligini pasaytiradi [5]. Natijada allergik, infeksion va autoimmun asoratlarga olib keladi.

Last modified: 2023-01-30 01:48:43