Epshteyn-Barr virusini IFA usulida tashxislashning ahamiyati
Journal: Science and Education (Vol.4, No. 2)Publication Date: 2023-02-28
Authors : N.T.Yodgorova U.M.Abdullayev L.Sh.Eshbekova M.B.Abdiyeva N.R.Mirvalieva;
Page : 124-129
Keywords : Epshteyn-Barr virusi; Immunoferment analizi; mononukleoz; onkologik kasalliklar; diagnostika; IFA;
Abstract
Tadqiqot maqsadi: Epshteyn-Barr virusiga qarshi Anti-EBV IgM va Anti-EBV IgG ni IFA usulida tekshirish va antigen tahlilini o'tkazish. Material va usullari: Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi InterMed xususiy klinikasi 2022-yildagi materiallaridan foydalanildi. Tekshirish uchun bemorlar bilak venasidan 5 ml qon olindi va IFA (BektoВЭБ-VCA-IgG-IGM, D-2176, D-2184, АО «Вектор-Бест», Новосибирск) usulida tekshirildi. Olingan natijalar statistik tahlil qilindi. Natijalar tahlili va muhokamasi: Bemorlar Anti immunoglobulinlar bo'yicha tekshiruvdan o'tkazildi. Epshteyn-Barr virusi Anti immunoglobulinlar bo'yicha musbat natijalar eng koʻp foizda (34%) 10 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida uchradi. Natijalar jins boʻyicha tahlil qilinganda Epshteyn-Barr virusi koʻproq ayollarda (55%) uchradi. Anti EBV IgM boʻyicha 33% manfiy, 12% musbat natijalar kuzatildi. Anti EBV IgG bo'yicha 34% musbat, 66% manfiy natija qayd qilindi. Xulosa: EBV qarshi Anti EBV IgM va Anti EBV IgG musbat natijalar eng koʻp foizda (34,0%) 10 yoshgacha boʻlgan qiz bolalar oʻrtasida musbat - yuqori ko'rsatkichlarda (55,0%) uchradi. Anti EBV IgM boʻyicha12% musbat natijalar kasallik o'tkir kechayotganligidan, Anti EBV IgG bo'yicha esa 34,0% musbat natija kasallikning surunkali kechayotganligidan dalolat berdi.
Other Latest Articles
- Kichik deltalarning strukturaviy yaxlitligi va ularning tabiiymeliorativ sharoitini baholashdagi ro’li
- Amudaryo hududning yer suv resurslaridan oqilona foydalanishda tabiiy-meliorativ rayonlarning ro’li
- Awareness and Accessibility of library resources for enhanced service-delivery of healthcare workers in government tertiary hospitals in Abuja, Nigeria
- Sil bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolash samaradorligiga bedakvilinning ta’siri
- Availability and utilization of library resources for enhanced service-delivery of healthcare workers in government tertiary hospitals, Abuja Nigeria
Last modified: 2023-03-12 22:46:56