Autoimmun tireoidit bilan kasallangan bemorlardagi funksional buzilishlarning differensional diagnostikasida qalqonsimon bez zichligini aniqlash
Journal: Science and Education (Vol.4, No. 3)Publication Date: 2023-03-25
Authors : F.A.Qahramonov B.Y.Amirov L.I.Tursunboyeva A.T.Daminov;
Page : 82-86
Keywords : rentgen kompyuter tomografiya; autoimmun tireoidit; antitireoid antitelo tashuvchanlik; gipotireoz; XAUNSFILD shkalasi bo’yicha qalqonsimon bez zichligiga baho berish;
Abstract
Qalqonsimon bezning turli xil kasalliklarida uning funksional holati birlamchi diagnostikasi katta qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki shifokorda qalqonsimon bez garmonlari va gipofizning boshqaruvchigarmonlari (TTG, T3, T4) ni aniqlab ularga baho berish imkoni bo'ladi. Ammo, o'tkazilayotgan terapevtik muolaja davomida (o'rin bosuvchi yoki supressiv) organlarning rezerv funksiyasini baholash, garmonlar sekretsiyasining tiklanishi va davolash samaradorligini prognoz qilish kabi zaruriyatlar yuzaga keladi, lekin garmonal tadqiqotlar ham, ultratovush tekshiruvlar ham bizga bu imkoniyatni berolmaydi. Biz bu muammoning yechimini rentgen kompyuter tomografiyaning qalqonsimon bez zichligini aniqlash imkoniyatida ko'ramiz.
Other Latest Articles
- Keli daraxtida aniqlangan model uchun asosiy holatlar
- Keli daraxtida kontur metodlar
- Eyler va Gamilton-Yakobi tenglamalarini integrallash masalasining ekvivalentligi
- Kvadratik stoxastik operatorlarga olib kelinadigan ba’zi modellar haqida
- Ikkita buzilish chizig’iga ega kvachiziqli elliptik tipdagi tenglamalar to’g’risida boshlang’ich tushunchalar va ularning qo’llanishi haqida
Last modified: 2023-04-02 10:01:35