Podagra kasalligida giperurikemiyani bartaraf qilishning medikamentoz va nomedikamentoz usullari
Journal: Science and Education (Vol.4, No. 5)Publication Date: 2023-05-25
Authors : Doston Rustamovich Tairov Doniyor Hasan o'g'li Berdiyev;
Page : 173-182
Keywords : giperurikemiya; metabolic sindrom; lipidlar spektri; febuksostat; allapurinol; surunkali yurak yetishmovchiligi;
Abstract
Podagra kasalligini davolashdan asosiy maqsad giperurikemiyani bartaraf qilish bo'lib hisoblanadi, bunda SK miqdorining 450 mkmol/l va undan pasayishiga erishish, retsidivlar soni va davomiyligini kamaytiradi hamda tofuslar sonini kamayishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Bizning tekshiruvlarimizda bemorlarga dastlabki tekshiruvdan so'ng febuksostat dori vositasi davolash yoki SK miqdorini normallashtirish maqsadida buyurildi. Podagra kasalligi metabolik sindrom bilan birgalikda kechganda davolashning samaradorligini baholash uchun bemorlar 6 oydan so'ng qayta tekshiruvdan o'tkazildi. Davolash samaradorligi yil davomidagi retsidivlar soni, davomiyligi, SK miqdori hamda MS ning asosiy ko'rsatkichlari orqali baholandi. Barcha bemorlar 2 guruhga ajratildi: 1-guruhdagi bemorlarga febuksostat dori vositasi qabul qilgan bemorlar kiritildi. 2- guruhdagi bemorlarga allopurinol dori vositasi qabul qilgan bemorlar kiritildi.
Other Latest Articles
- Qashqadaryo viloyatida gidrologiya rijovlanishi va suvning ahamaiyati
- Влияние улучшения психического состояния на эффективность лечения женщин, больных туберкулезом органов дыхания
- Tuproq unumdorligini oshirishda fermentlarning roli
- Amudaryoning o’rta qismida qirg’oqlarning yuvilish jarayonlarini tadqiq qilish
- Гипертиреоз
Last modified: 2023-06-09 17:13:31