ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Yurak yetishmovchiligini barvaqt aniqlash samaradorligi

Journal: Science and Education (Vol.4, No. 6)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 91-109

Keywords : yurak yetishmovchiligi; bemor; davolash; simptom;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda SYuYeni davolashga yondashuvlar surunkali yurak yetishmovchiligining klinik tavsiyalarga asoslanishi kerak, chunki O‘SOK mavjudligida SYuYeni boshqacha davolash kerakligi isbotlanmagan [5,6]. β-adrenoblokatorlar surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda simptomlarni va hayot sifatini yaxshilasa ham, ular ko‘pincha O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarda β2-agonistlarning bronxodilatator ta'sirini kamaytirish va bronxospazmning xavfi oshirishi tufayli bemorlarga buyurilmaydi [1,3]. O‘SOK va SYuYe bilan kasallangan bemorlardagi tekshirishlarda selektiv β1-adrenoblokatorlar tayinlash atigi 35% bemorlarda xavfsizligini isbotlaydi. NICE va Evropa Kardiologiya Jamiyati (EKJ) tavsiyalariga ko‘ra O‘SOK bilan kasallangan bemorlarga metoprolol, bisoprolol, nebivolol kabi kardioselektiv β-adrenoblokatorlar qarshi ko‘rsatma emas [2,4]. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, o‘rta va og‘ir bronxial obstruktsiya va SYuYe bilan og‘rigan bemorlarda bisoprolol va karvedilol bilan davolash o‘pka faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan [5]. Yurak yetishmovchiligini davolash uchun selektiv β1-adrenoblokatorlarni tayinlashning O‘SOK bilan og‘rigan bemorlarni davolashda, hatto jiddiy obstruktsiyada ham yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflardan ustundir. Doridarmonlarni bosqichma-bosqich kam-kam miqdorda past dozalarda tayinlash tavsiya etilmoqda. O‘pka funktsiyasining biroz yomonlashishi selektiv β-adrenoblokatorlarni to‘xtatish uchun ko‘rsatma bo‘lmasligi kerak. Shifokorlar O‘SOKning qo‘zish davrida bemorning nafas olish qiyinlashganda β-adrenoblokatorlarni davom ettirishni istamaydilar bu esa ayrim muammolarni keltirib chiqaradi [7].

Last modified: 2023-06-29 17:04:28