ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Jigarning noalkogol yog’ xastaligining dolzarb muammolari

Journal: Science and Education (Vol.4, No. 6)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 301-315

Keywords : jigar noalkogol yog‘ xastalligi; noinvaziv diagnostika; jigar fibrozi; steatogepatit; jigar sirrozi;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu maqolada jigarning noalkogol yog‘ xastaligining (JNYOX) diagnostikasi hamda zamonaviy davolashning istiqbolli usullari haqida umumiy ma'lumot berilgan. Ushbu maqolada polietiologik kasallik hisoblangan jigarning noalkogol yog' xastaligi (JNYoX)ga doir muammolarning adabiyotlar bo'yicha tahlili bayon etilgan. Hayvon yog'lari va oson hazm bo'ladigan uglevodlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini ortiqcha iste'mol qilish ko'p miqdorda erkin yog' kislotalarining (EYoK) oshqozon-ichak traktidan qonga, so'ngra to'qimalarda yig'ilishiga olib keladi, natijada jigarda steatozning rivojlanishi kuzatiladi. Yog' to'qimalari tomonidan faol ravishda ajralib chiqayotgan yallig'lanish mediatorlari gepatotsit membranalarini bevosita shikastlaydi, buning natijasida jigarda fibroz to'qimalarning to'planishi kuzatiladi.. Kasallikning dastlabki bosqichida tashxis qo‘yish katta amaliy ahamiyatga ega. Jarayon ko‘pincha simptomsiz kechishi tufayli yuqori xavf omili mavjud bo‘lgan odamlarni erta aniqlash uchun maqsadli diagnostik chora tadbirlarni to‘g‘ri olib borishni talab qiladi.

Last modified: 2023-06-29 18:10:05