ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

TEATR SAN’ATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Journal: Oriental Art and Culture (Vol.2, No. 3)

Publication Date:

Authors : ; ;

Page : 40-48

Keywords : Teatr; san’at; voqelik; tomoshabin; rejissyor; aktyor; adabiyot.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Annotasiya: Ushbu maqolada teatr san’atining o‘ziga xos xususiyatlari va muhim vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. Teatr san’ati hayotni, voqea-hodisalarni, turli kurashlar va ziddiyatlarni, ichki kechinmalarni dramatik xatti-harakatlarda, aktyor ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi. Pyesani rejissyor sahnalashtiradi: rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar o‘tkazadi, rassom, libos tikuvchi, nur sozlovchi, musiqa tanlovchi (yoki kompozitor) va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko‘pchilik bo‘lib tayyorlangan sahna asari tomoshabinga ko‘rsatiladi. Aktyorlar sahnada yuz berayotgan voqealarga berilib, har xil fe’l-atvorli kishilarning qiyofalarini gavdalantiradilar, tomoshabinlarni sezib tursalar ham, sezmaslikka olib o‘ynaydilar. Sahnada hayot, voqelik birmuncha bo‘rttirib aks ettiriladi.

Last modified: 2023-08-07 13:48:26