ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

DUTOR ANSAMBLI IJROSIDA YANGICHA TALQIN, ESKICHA QARASH, NAVOIYNING “MUBTALO BO’DIM” G’AZALI TAHLILI VA TALQINIDA

Journal: Oriental Art and Culture (Vol.3, No. 1)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 96-101

Keywords : Shoirlarning sultoni; Ishq; Maqom; Mubtalo; “Nozanin” ansambli; estrada; Milliy bog’.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Alisher Navoiy maqom san’atini ham amaliy, ham nazariy jihatdan mukammal bilgani uning nazmiy-ilmiy asarlaridan ayon. Aslida ham maqom olami Navoiy badiiy tafakkuri, teran va go‘zal ruhiy olamining ajralmas tarkibiy qismidir. Zero, so‘z mulki sultonining g‘azaliyoti she’riyati uslubida ifoda etilgan navolar ummoni bo‘lsa, maqomlar kuy sadolari vositasida taralgan hikmatlar ummonidir. Shu bois Navoiy g‘azallarini mutolaa qilib zavq oluvchi muxlisning, odatda, maqomlarni tinglashga ham mayli, ehtiyoji bo‘ladi, ulardan ma’naviy-ruhiy bahra oladi. Go‘zal ma’nolar bilan bezalgan bu har ikkala ummonning bir olamga bog‘lanishi buyuk “Ishq” tufaylidir. “Mubtalo bo’ldum sango” g’azali ana shu ishqni tarannum qilib, uning dutor ansamblidagi ijrosi esa yangicha bir olamni kashf etadi.

Last modified: 2023-08-07 18:55:22