AN’ANAVIY XONANDALIK YO‘NALISHIDA OVOZ MASHQLARINING O‘RNI VA UNGA MAQOM IJROCHILIGI YUZASIDAN YONDASHUV
Journal: Oriental Art and Culture (Vol.4, No. 5)Publication Date: 2023-10-25
Authors : Ulug‘bek Azimjon o'g'li Burxonov; Ilmiy rahbar Azizjon Nabijonovich Talaboyev;
Page : 158-161
Keywords : yakkaxon ijrochilik; ovoz; maqom; xonanda; ovoz sozlash mashqlari; maqom xonandasi;
Abstract
Talabaning ovoz bilan ishlash jarayonida uning ovoziga mos mashqlarni tanlay bilish dars samaradorligini oshiradi. Mashqlar xalq og‘zaki ijodining kuychan namunalari asosida amalga oshirilsa о‘quvchi zerikmaydi. Maqom xonandalarini tarbiyalashda ilk qadamlar ustoz-shogird an’analaridan yoki ko‘p hollarda bolalar musiqa va san’at maktablaridan boshlanadi. Har ikki holatda ham ustozlardan ulkan mehnat hamda mashaqqat talab qilinadi. Xususan, xonandalik havasidagi bolaning ijro mahoratini oshirishda avvalo ovozi ustida ko‘p va xo‘p ishlash zarurdir. Ushbu jarayonda bugunga kelib ba’zi muammolar ko‘zga tashlanib qolayapti. Chunonchi, musiqa maktablaridagi “Ovozni yo‘lga qo‘yish” darslarida aynan milliy ohanglarga tayangan ovoz sozlash mashqlarining yo‘q ekanligi hamda ovoz sozlash darslarida ko‘p hollarda Yevropa vokal darslaridagi namunalardan foydalanish bora-bora yosh ijrochida an’anaviy ijrodan uzoqlashish holatlarini yuzaga keltirayotgandek… Ushbu maqolada keltirilgan ovoz sozlash masalasidagi fikrlar va ma’lumotlar maqom xonandaligi yo‘nalishida tahsil berayotgan pedagoglar va bo‘lajak maqom xonandalari uchun qiziqarli va foydali degan umiddaman.
Other Latest Articles
Last modified: 2023-12-17 18:36:02