ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Priapizm surunkali miyeloleykozning dastlabki simptomi sifatida

Journal: Science and Education (Vol.5, No. 4)

Publication Date:

Authors : ; ;

Page : 67-73

Keywords : priapizm; surunkali miyeloleykoz;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Priapizm - bu to’rt soatdan ortiq davom etadigan, jinsiy stimulyatsiya to’xtatilgandan keyin ham davom etadigan yoki u bilan bog’liq bo’lmagan uzoq muddatli og’riqli erektsiya. Priapizm surunkali miyeloleykozning (SML) dastlabki klinik ko’rinishi bo’lishi mumkin. Klinik kuzatuvning maqsadi - ilgari aniqlanmagan SML bilan kasallangan bemorda rivojlangan ishemik priapizmni tasvirlash hisoblanadi. Ilgari aniqlanmagan SML bilan kasallangan bemorda 12 soat davom etadigan ishemik priapizmni kuzatish taqdim etilgan. Keyinchalik, SML tashxisi periferik qon va suyak iligi tekshiruvi asosida qo’yildi. Davolash taktikasi kavernoz tanalardan qonning zudlik bilan punksiya va aspiratsiyasidan va fenilefrin eritmasini kavernoz tanalar ichiga in’ektsiyasidan iborat edi. Priapizm bartaraf qilinganidan keyin, SML terapiyasi o’tkazildi, bu bemorda priapizmning qaytalanishini oldini olishga imkon berdi.

Last modified: 2024-04-28 17:22:27