ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

O‘zbek adabiy tili va turkiy adabiy tillar

Journal: Science and Education (Vol.5, No. 4)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 535-540

Keywords : turkiy tillar oilasi; oltoy tili; oltoy nazariyasi; xun davri; umumturkiy so‘zlar; turkiy tillarning fonetikasi; grammatika; leksik xususiyatlari;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

O‘zbek tili, aytilganidek, dunyo tillari orasida eng qadimgi tillardan biri bo‘lib, u turkiy tillar oilasiga mansubdir. Bu oilaga ozarbayjon, turk, turkman, tatar, boshqird, qirg‘iz, qoraqalpoq, uyg‘ur, qozoq va boshqa turkiy tillar kiradi. O‘zbek tili o‘zbek xalqining milliy adabiy tili bo‘lib, u bir-biridan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan qarluq-chigil-uyg‘ur, qipchoq va o‘g‘uz lahjalari hamda ko‘plab katta-kichik shevalardan iborat. Uning tarixi oltoy davridan boshlanadi. Oltoy nazariyasiga ko‘ra, turkiy tillarning tarixi oltoy tillari bir til bo‘lib tashkil topgan qadimgi oltoy davridan boshlanadi. Oltoy bobo tili (asos til) dastlab ikkiga, ya’ni tungus-manjur va turk-mo‘g‘ul tillariga ajralgan.

Last modified: 2024-04-28 17:22:27