ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ASARLARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY QARASHLAR UYG‘UNLIGI

Journal: Oriental Art and Culture (Vol.5, No. 2)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 110-115

Keywords : globallashuv; transformatsiya; hikmat va ibrat; qomus; davlat; jamiyat; sivilizatsiya; liberal tizim; demokratiya; fuqarolik; axloq-odob;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ma’lumki har bir davlat va millatning rivojlanish jarayoni, ushbu davlatda yetishib chiqqan olimlari, ularning qilgan kashfiyotlari, ilm-fan sohasidagi yutuqlari, o‘sha davlatning milliy ma’naviyat va madaniyat, san’at darajasi, hamda umummilliy qadriyatlari bilan belgilanadi. Bizning buyuk o‘zbek xalqimizning ham jahon mamlakatlari tan oladigan buyuk allomalarimiz, milliy madaniyatimiz, ilm - fanimiz va san’atimiz bor. Ushbu maqolada ham biz Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Farobiy, Mahmud Qoshg‘ariy kabi mutafakkirlarimizning qoldirgan asarlarini hamda bu siymolarning asarlaridagi ma’naviy, ma’rifiy pand-u nasihatlar va axloqiy qarashlari uyg‘unligini o‘rganamiz va tahlil qilamiz. Chunki bizning mutafakirlarimiz ma’naviy madaniyat va shaxs barkamolligini kuzatishga qaratilgan axloqiy qarashlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayniqsa, allomalarimizning, inson o‘zining faol aql-idroki, istiedodi, tafakkuri yordami bilan tabiatni, borliqni, butun koinotni, ijtimoiy hodisa va jarayonlar mohiyati hamda mazmunini bilish haqidagi qarashlari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Insondagi bunday fazilatlar uning ulug‘ baxtga ega bo‘lishida barqaror o‘rinni egallaydi.

Last modified: 2024-05-04 17:10:33