O‘ZBEK XALQ DOSTONLARIDA EPIK FORMULALAR TASNIFI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.4, No. 3)Publication Date: 2024-06-06
Authors : Djurakulova Gulnoza Shavkatovna;
Page : 131-137
Keywords : folklor; epik formulalar; epos; doston; an’ana; takror; qolip; baxshi.;
Abstract
Ushbu maqola folklor janrlarining, ayniqsa, xalq dostonlarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan an'anaviy epik formulalar tadqiqiga bag‘ishlanadi. Maqolada an'anaviy takrolar sohasida shu paytgacha qilingan ishlar umumlashtirildi hamda ushbu masala еchimi yo‘lida keyingi qadam tashlandi. Tadqiqot ishida epik formulalarning doston janrida paydo bo‘lish sabablari va qonuniyatlari o‘rganib chiqilib, tahlil qilindi. Matnda takror qoliplarini ko‘rsatish mumkin bo‘lgan umumiy belgilar ajratib ko‘rsatildi. Maqola muallifi epos kuylovchilarning ko‘p asrlik an'anasi asosida yuzaga kelgan epik formulalar xalqning ma'naviy merosi, madaniyatning yaqqol namunasi degan xulosaga keladi. Bu formulalar madaniyatning yaqqol namunasi bo‘lishi bilan birga ma'lum bir qonuniyat vazifasini ham o‘taydi.
Other Latest Articles
- KOVULDI OLTIN KONIDA QAZIB OLINGAN BO‘SHLIQNI TO‘LDIRISHDA FOYDALANILAYOTGAN TО‘LG‘AZMA MATERILLARINING MAQBUL VARIANTINI ISHLAB CHIQISH
- KORXONALARDA METROLOGIK TA’MINOTNI AMALGA OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR
- KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING SOHALAR BO'YICHA TARKIBIY O’ZGARISHLARINI ANIQLASH ORQALI ULARNING RIVOJLANISH DARAJASINI O’RGANISH (RYABSEV INDEKSI)
- QUM-TUPROQ VA SEMENT BIRIKTIRUVCHI ARALASHMA YORDAMIDA MONOLIT TO‘LG‘AZMA MATERIALLARI TAYYORLANGANDA BIRIKTIRUVCHILARNING FAOLLIGI
- KARBAMID, TIOKARBAMID VA KARBON KISLOTALAR BILAN O-ALMASHGAN AROMATIK AMINLARNING SIKLLANISHI
Last modified: 2024-06-06 18:12:17