IRFON FALSAFASIDA “NAFS” TUSHUNCHASINING GERMENEVTIK TALQINI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.4, No. 4)Publication Date: 2024-06-06
Authors : Xolmo minov Ja far Muhammadievich; Shermataliev Omonullo;
Page : 54-64
Keywords : Tasavvuf; Irfon falsafasi; nafs; “Nafs” tushunchasi; nafs tarbiyasi; nafsni anglash; germenevtik talqin.;
Abstract
Nafs insonning moddiy o'zligi, “men”ligidir. “Nafs” sо‘zining lug‘aviy ma'nosi biror bir narsaning mavjudligi, haqiqati, zoti va о‘zligi demakdir. Oddiy xalq orasida nafs sо‘zi turli ma'nolarda qо‘llanilgan bо‘lib, goho ular bir-biriga zid mazmunni aks ettirgan. Masalan, bir toifa olimlar nafsni “ruh” deb, boshqa toifa “jon” deb tushuntirishgan bo`lsa, yana boshqa bir guruh “muruvvat”, “samimiylik” deb, yana bir jamoa esa “vujud”, “qon” ma'nosida ham talqin etishgan.
Sо‘fiylarning nuqtai nazariga kо‘ra nafs barcha yomonliklarning ibtidosi, gunohlarning manbaidir.Tasavvuf ahlidan bir jamoaning xulosasi buyicha, nafs gunohlarning doyasi, ikkinchi toifa qarashlariga kо‘ra-kibr, hasad, g‘azab, adovat kabi yomon xulqlarning sababkoridir. Gunohlardan tavba bilan poklanilsa, yomon xulqlar nafsni qiynash, ya'ni riyozat bilan yо‘q qilinadi. Nafsga qarshi kurashish barcha ibodatlarning kamolidir. Shu ma'noda “Nafsini tanigan kishi Robbini tanigay” mazmunidagi hadis sо‘fiylarning nafsga oid qarashlarniga asos sifatida xizmat qilgan.
Other Latest Articles
Last modified: 2024-06-10 14:29:31