QАDIMIY SHАRQ MUSIQА SАN’АTI RIVOJIDА АYOL XONАNDАLIGINING NАZАRIY АSOSLАRI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.4, No. 2)Publication Date: 2024-06-06
Authors : Imyaminjon Qirg‘izov; Mamajonova Dildoraxon Аbduraxmonovna;
Page : 264-275
Keywords : musiqa; san’at; ashula; tarbiyashunoslik; an’ana; milliy; maqom; Buzruk; Rost; Navo; Iroq; Ushshoq;
Abstract
Maqolada qadimiy sharq musiqa san'ati rivojida hamda o‘zbek milliy musiqa san'ati rivojida ayol xonandaligining tarbiyashunoslik nuqtai nazardan tahlili bayon etiladi. Qadimdan donishmandlar oilada o‘g‘illar bilan birgalikda qizlarni ham ilmli qilish eng dolzarb va ahamiyatli vazifalardan biri ekanligi haqida uqtirib kelishgan. Boisi, oqila, ziyoli ayol kelajakda barpo bo‘ladigan butun boshli oilaning ilmli bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi. Jamiyatda gender munosabatlar asoslarini o‘zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g‘oyalar, dunyoqarashlar ta'sirida o‘zining shaxsiy sifatlarini, iymon-e'tiqodlarini shakllantirish, mazkur ta'lim jarayoni ta'sirida shaxsning aqliy kamolotini bilish qobiliyatini, o‘qishga, mehnatga bo‘lgan munosabatini rivojlantirish maqsadlari dolzarblik kasb etadi. Bu zaruratdan kelib chiqib, qadimiy Sharq musiqa san'ati rivojida ayol xonandaligi faoliyatining nazariy asoslarini tadqiq etish vazifalari belgilandi. Qadimiy Sharq musiqa san'ati rivojidagi ta'lim-tarbiya tizimi va bunda ayol xonandaligi maktablari faoliyatining o‘rni beqiyos. Qadimiy Sharq musiqa san'ati maktablari mohiyatida bo‘lgani kabi ayol xonandaligi maktablari faoliyatida ham musiqaning inson organizmiga tibbiy va ta'limiy ta'siri haqidagi falsafiy qarashlar keltirilgan
Other Latest Articles
- ONALAR ALLASI- INSON KAMOLOTI OMILI SIFATIDA
- O‘ZBEK XALQ CHOLG‘U SOZLARINING TARAQQIYOTI VA TURLARI
- TASVIRIY SAN’AT ASARLARINI ISHLASH JARAYONIDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI
- YOSHLARNING ESTETIK TAFAKKURINI YUKSALISHIDA MUSIQA MADANIYATIDAGI KONSEPSIYALAR
- TA’LIM OLUVCHILARNI KOMPETENTLIK YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Last modified: 2024-06-15 00:24:50