Bolalarda tug‘ma yurak nuqsoni shakllanishida zamonaviy ma’lumotlar
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 2)Publication Date: 2025-02-25
Authors : Sakina Baxodirovna Tairova; Mohinur Shuhrat qizi A'zamova; Javoxir Ilxomjon o‘g‘li Shermaxmatov; Shaxzod Baxriddinovich Asliddinov;
Page : 36-42
Keywords : tug‘ma yurak nuqsoni; rivojlanish nuqsonlari; etiologiya; anomaliya; nuqson;
Abstract
Tug‘ma yurak nuqsonlari bolalar sog‘lig‘ida jiddiy muammolarga va nogironlikka olib kelishi, ularning keng tarqalganligi va erta jarrohlik korreksiyasi talab qilishi tufayli pediatriyada muhim muammo hisoblanadi. jsst ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ma yurak nuqsoni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 0,7-1,7% da uchraydi. Ba’zi hollarda tug‘ma yurak nuqsonlari kechishining bosqichlari tez rivojlanishi nafaqat uning og‘irlik darajasi, balki komorbid holatlarning ta’siri bilan ham belgilanadi, jumladan gipoksik-ishemik ensefalopatiya, oziqlanish yetishmovchiligi, defisit anemiyalar va boshqalar. Ushbu buzilishlarning rivojlanish mexanizmlarini bilish va ularni zamonaviy tadqiqot usullari yordamida o‘z vaqtida aniqlash imkoniyati rivojlanayotgan patologik holatlarni imkon qadar erta tashxislash va korreksiyalash imkonini beradi. Shu munosabat bilan tug‘ma yurak nuqsoni bo‘lgan erta yoshdagi bolalarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirishning klinik diagnostika mezonlarini o‘rganish masalasi dolzarbligicha qolmoqda va bu yo‘nalishda ilmiy izlanishlarni taqozo etadi.
Other Latest Articles
- Tish kariesi profilaktikasining zamonaviy tadqiqotlari
- Autizm sindromi va uning turlari asperger sindromi
- Dinamik sistemalar, ularning tasnifi va qo‘llanilish sohalari
- Chiziqli va volterra bo‘lmagan kvadratik stoxastik operatorlarning superpozisiyasi haqida
- SYSTEMATIC REVIEW: EARLY MENARCHE IN GIRLS: A CONVERGENCE OF MODERN MEDICINE AND AYURVEDA
Last modified: 2025-02-27 00:24:37