VOKALIZ: TEXNIK MAHORAT VA IFODAVIY SAN’AT
Journal: Oriental Art and Culture (Vol.6, No. 1)Publication Date: 2025-02-25
Authors : Ismoilova Mahbuba Elamonovna;
Page : 156-161
Keywords : vokaliz; vokal san’ati; vokal texnika; ifoda mahorati; nafas nazorati; intonatsiya; artikulyatsiya; ovoz diapazoni; vokal pedagogikasi; O‘zbekistonda vokaliz;
Abstract
Ushbu maqolada vokaliz janrining vokal san’atidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Vokalizning texnik va ifodaviy imkoniyatlarni kengaytirishdagi roli, uning tarixiy shakllanish jarayoni va pedagogik ahamiyati ko‘rib chiqiladi. XVIII-XX asrlarda vokaliz janri jiddiy shakllangan bo‘lib, u vokal texnikani takomillashtirish, ovoz sifatini yaxshilash va ifoda mahoratini oshirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Shuningdek, maqolada O‘zbekistonda vokaliz janrining rivojlanish tendensiyalari ham muhokama qilinadi. Zamonaviy kompozitorlar tomonidan vokalizlarni yaratish va ularning xalqaro me’yorlarga mos ravishda rivojlantirish zarurati ta’kidlanadi. Nafas nazorati, artikulyatsiya, intonatsiya va diapazonni kengaytirish kabi texnik jihatlar vokaliz mashqlarining ajralmas qismi sifatida ko‘rsatilib, vokal pedagogikasidagi muhim masalalar yoritiladi.
Other Latest Articles
Last modified: 2025-03-18 17:19:09