SURXON VOHASINING RAQS SAN’ATI, TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA UNING O‘ZBEK RAQS SAN’ATIDAGI O‘RNI
Journal: Oriental Art and Culture (Vol.6, No. 1)Publication Date: 2025-02-25
Authors : Valijonova Sug‘diyona Nodirbek qizi;
Page : 353-359
Keywords : surxon raqs san’ati; O‘zbekiston raqsi; milliy raqs san’ati; madaniy meros; an’anaviy raqslar; folklor san’ati; xalqaro tan olinishi; taraqqiyot bosqichlari; milliy qadriyatlar; sahna san’ati;
Abstract
Ushbu maqola Surxon vohasining raqs san’atiga bag‘ishlanib, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari, milliy raqs san’atidagi o‘rni va xalqaro tan olinishi masalalarini o‘rganadi. Surxon raqslarining shakllanishi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari va madaniy an’analariga asoslangan bo‘lib, asrlar davomida o‘ziga xos ifoda vositalari bilan boyib borgan. Maqolada ushbu raqslarning marosimiy xarakterdan professional sahna san’ati darajasigacha rivojlanishi tahlil qilinadi. Surxon raqslarining milliy va xalqaro miqyosdagi ahamiyati, uning o‘zbek milliy raqs san’atini rivojlantirishdagi hissasi va madaniy meros sifatidagi o‘rni yoritiladi. Xulosa o‘rnida, Surxon raqs san’ati milliy qadriyatlarni saqlash va dunyo miqyosida targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Mazkur maqola milliy raqs san’atini o‘rganish va tadqiq etishga qiziquvchilar uchun foydali ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Other Latest Articles
Last modified: 2025-03-18 17:19:09