ALBERT VA BOEM TIZIMLI KLARNET TURLARINING FARQLARINI BAHOLASH
Journal: Oriental Art and Culture (Vol.6, No. 1)Publication Date: 2025-02-25
Authors : Polatbay Kurbanazarov;
Page : 551-557
Keywords : klarnet; Albert tizimi; Boem tizimi; klarnet turlari; Teobald Boem; Eugene Albert;
Abstract
Klarnet asbobi turli madaniyatlar va jamiyatlar tomonidan o‘tmishdan hozirgi kungacha musiqaning ko‘plab sohalarida ishlatilgan. Cholg‘uning texnik va akustik tuzilishining ahamiyati tufayli u nafaqat yakkaxon cholg‘u sifatida, balki ansambllar, orkestrlar musiqalarida ham qabul qilingan. 1800-yillarda davrning eng taniqli ijrochilari Teobald Boem va Eugene Albert klarnetda qilgan turli xil yangilanishlari bilan asboblarni ijrochilar uchun texnik jihatdan yanada qulayroq qilishdi. Maqolada Albert va Boem tizimlari deb ataladigan ikki xil klarnet tizimlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Albert tizimiga ega klarnet odatda turkiy musiqalarda qo‘llanilsa, Yevropaning aksariyat mamlakatlarida Boem tizimiga ega klarnet afzal ko‘riladi. Maqolaning maqsadi - bu afzallikning sababi qaysi mezon va tanlovlarga bog‘liqligi va tanlov qilishda nimani e’tiborga olish kerakligini batafsil ko‘rib chiqishdir. Bundan tashqari, klarnetning tarixidan boshlab bugungi kungacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘llari o‘rganilib, qiyoslash yo‘li bilan ma’lumotlar keltirildi. Albert va Boem tizimi haqida juda kam manbalar mavjudligi aniqlandi va batafsil sharhni taqdim etish maqsad qilindi.
Other Latest Articles
- O‘ZBEK RAQS SAN’ATIDA LOKAL RAQS MAKTABLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
- МУЗЫКАЛЬНЫЙ СЛУХ В ПРОЦЕССЕ СИМВОЛИЗАЦИИ: КОНЦЕПЦИЯ, ИССЛЕДОВАНИЯ И АНАЛИЗ
- XVII-XVIII ASR GʻARBIY-YEVROPA MUSIQIY-SAHNAVIY ASARLARNING ESTETIKASI VA IJROCHILIK MASALALARI
- QORAQALPOQ DAVLAT YOSH TOMOSHABINLAR TEATRINING TASHKIL ETILISHI
- ТЕАТР ТАРБИЯ ВА МАЪНАВИЯТ МАКОНИ
Last modified: 2025-03-18 17:19:09