Sonlar nazariyasi va sun’iy intellekt: mashinali o‘rganish algoritmlari uchun yangi yondashuvlar
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 1)Publication Date: 2025-01-25
Authors : Mohinur Raupova; Saidabonu Shokirova;
Page : 118-122
Keywords : sonlar nazariyasi; mashinali o‘rganish; modulyar arifmetika; kriptografiya; neyron tarmoqlar; gradient tushish; faktorizatsiya algoritmlari; raqamli xavfsizlik;
Abstract
Ushbu maqola sonlar nazariyasi va sun’iy intellektning mashinali o‘rganish algoritmlariga qanday yangi yondashuvlar olib kelishi mumkinligini o‘rganadi. Sonlar nazariyasi matematik analizning fundamental qismi bo‘lib, butun sonlar, tub sonlar, modulyar arifmetika va boshqa ko‘plab bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Bu matematik asoslar sun’iy intellektdagi muhim masalalar, masalan, ma’lumotlarni modellashtirish, tasniflash va prognozlash uchun foydalanilayotgan mashinali o‘rganish algoritmlarida yanada samarali algoritmlarni yaratishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tub sonlar va modulyar arifmetika kriptografik tizimlarning xavfsizligini ta’minlashda va samaradorligini oshirishda, neyron tarmoqlar va gradient tushish jarayonini optimallashtirishda yangi usullarni kashf qilishda foydalaniladi. Shuningdek, sonlar nazariyasining faktorizatsiya, taqsimlash va algoritmik yondashuvlari mashinali o‘rganishning asosiy bosqichlari bo‘lmish ma’lumotlar oldindan ishlov berish va tahlilni tezlashtiradi. Ushbu maqola ushbu ikki fan o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib, sun’iy intellekt yondashuvlariga yangi nazariy va amaliy imkoniyatlar taqdim etishini tahlil qilgan.
Other Latest Articles
- Limfoid va gemopoetik xavfli o‘smalar bilan kasallanish
- Ruxiy salomatlik jismonan sog‘liq garovi
- Principles of providing dental care to patients with pulmonary tuberculosis
- S va V virusli gepatitlarida jigar gemosiderozining surunkali kasalliklar anemiyasi markeri sifatida kelishi
- Bolalarda pulpit kasalligini vital amputatsiya usulida davolashning afzalliklari
Last modified: 2025-03-31 03:28:42