Mehnat sohasidagi ijtimoiy sherikchilik tushunchasi hamda ijtimoiy sheriklik organlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlarning tahlili va ularning o‘zaro uyg‘unligi
Journal: Science and Education (Vol.5, No. 5)Publication Date: 2024-05-25
Authors : Jasur Abdug‘afforov;
Page : 313-320
Keywords : ijtimoiy sheriklik; Mehnat Kodeksi; fuqarolik jamiyati institutlari; xodimlar; davlat; ijtimoiy sheriklik organlari;
Abstract
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik tushunchasi o‘zida davlat, ish beruvchilar va xodimlarning bu boradagi hamkorligini ifodalaydi. Ijtimoiy sheriklik mehnat munosabatlarida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni qonunchilik hujjatlari asosida tartibga solishni, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish davlatning bosh maqsadlaridan biriga aylanganini o‘zida mujassam etadi. So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining qabul qilinishi va ushbu qonun hujjatida “ijtimoiy sheriklik organlari” deb ataladigan yangi tushunchaning kashf etilishi va amaliyotga tadbiq etilishi katta yangilik bo‘ldi. Bu kabi islohotlar fuqarolik jamiyati institutlari va davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadal taraqqiy etishiga hissa qo‘shadi. Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik organlarining huquqiy asoslarini tahlil etish asnosida ular faoliyatining keyingi bosqichlari haqida mulohaza yuritishga qaratilgan.
Other Latest Articles
- Career Development and Counselling Services across education settings: Facilitating youth and adults currently living in Cyprus
- Zamonaviy ta’lim jarayonlari va chet tilini oʻrganishda axborot texnologiyalarining o‘rni
- Глобаллашув жараёнида маънавий, маърифий инқирозларни олдини олишда миллий қадриятларни юксалтириш истиқболлари
- The process and importance of producing thermal power
- Burg‘ilash eritmalarini xossalarini nazorat qilish sabablari
Last modified: 2025-03-31 20:20:59