INGLIZ TILINI O‘QITISHDA VIDEOCHAT PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 4)Publication Date: 2024-06-07
Authors : Rasulova Dilnoza Boisxonovna;
Page : 220-228
Keywords : lingvodidaktika; ingliz tili; interaktiv ta’lim; videochat; Zoom; Google Meet; Microsoft Teams; Telegram; CLT; TBLT; multimodal o‘qitish.;
Abstract
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida videochat platformalaridan samarali foydalanishning lingvodidaktik asoslari yoritilgan. Globallashuv va raqamli texnologiyalar rivoji sababli zamonaviy ta'limda onlayn platformalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Zoom, Google Meet, Microsoft Teams va Telegram kabi platformalar orqali chet tilini o‘rgatishda muloqotga asoslangan yondashuv, interaktiv metodlar va multimodal o‘qitish imkoniyatlari kengaymoqda. Maqolada har bir platformaning texnik va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning til o‘rganishdagi samaradorligi, ayniqsa, gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Videochatlar orqali o‘quvchi o‘z fikrini erkin ifodalash, real muloqot muhitida ishtirok etish va reflektiv tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lingvodidaktik tamoyillar – kommunikativlik, interaktivlik, motivatsiya va shaxsga yo‘naltirilganlik asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilar nutqiy faolligini oshiradi. Telegram platformasining oddiylik va funksionallik jihatlari, Zoom'dagi Breakout Rooms imkoniyati, Teams va Meet'dagi integratsion qulayliklar asosida amaliy tavsiyalar keltirilgan.
Other Latest Articles
- AFG‘ONISTON VA XITOY MUNOSABATLARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
- INVESTITSIYA LOYIHALARIDA KORPORATIV IJTIMOIY MAS’ULIYAT VA MAHALLIY AHOLI HUQUQLARINI TA’MINLASH BO’YICHA XALQARO TAJRIYBA
- A COMPARATIVE SEMANTIC ANALYSIS OF HYPERONYMS IN UZBEK AND ENGLISH: A CROSS-LINGUISTIC STUDY
- EMOTIONAL STATES MANIFESTED IN STUDENTS DURING THE EDUCATIONAL PROCESS
- EPOKSI QATRONI ASOSIDA LAVH TAYYORLASH USULINI O‘RGATISH TEXNOLOGIYASI
Last modified: 2025-06-26 22:33:16