ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON AYOLLARINING JAMIYATDAGI MAVQEIGA OID AYRIM MA’LUMOTLAR

Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 2)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 140-156

Keywords : ayollar; xotin-qizlar; ayollar huquqlari; islom dini; gazeta; jurnal. tenglik; oila; odat; jamiyat; qonunlar; musulmonlar.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mazkur maqolada XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkiston mintaqasidagi o‘troq aholi ayollarining oilaviy va ijtimoiy hayotiga oid o‘ziga xosliklar keng tahlil qilingan. Ayollarning turmush tarzi va kundalik hayoti mahalliy ijtimoiy hayotning bir qismi sifatida adabiyotlar, davrga oid hujjatlar va etnografik ma'lumotlar yordamida yoritilgan. Maqolada ayollarning o‘sha davrdagi oilaviy roli, ta'lim olish imkoniyatlari, huquqlari va ijtimoiy mavqeini aks ettiruvchi tarixiy va adabiy manbalar asosida batafsil ma'lumotlar taqdim etilgan. Shuningdek, maqolada o‘sha davrda Turkiston viloyati va uning boshqaruv tizimi bilan bog‘liq matbuot nashrlari, xususan, Turkiston vedomosti va Turkiston viloyati gazetasida chop etilgan ayollar mavzusidagi maqolalar orqali, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar va ayollarga oid mavzular qanday yoritilganligi ko‘rib chiqilgan. Ushbu maqolalar yordamida ayollarning jamiyatdagi o‘rni, huquqlari va jamiyatdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan munosabati tahlil qilinadi.

Last modified: 2025-06-26 23:59:05