VYETNAM TILIDAGI “CÁI” [kai] VA “CON” [kon] HISOB SO‘ZLARINING QIYOSIY TAHLILI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 4)Publication Date: 2024-06-07
Authors : Qodirova Dilbarxon Mirzaxparovna;
Page : 458-469
Keywords : klassifikator; hisob so‘z; cái; con; standart hisob so‘z; jonsiz narsalarni ko‘rsatuvchi hisob so‘z; sun’iy ob’yektlarni ko‘rsatuvchi hisob so‘z; mavhum narsalarni ko‘rsatuchi hisob so‘z;
Abstract
Hisob so‘zlar nafaqat vyetnam tili, balki boshqa dunyo tillarida, xususan turkiy tillarda ham mavjudligi aniqlangan. Biroq vyetnam tilida ularning o‘rni va ahamiyati juda kattadir. Mazkur so‘zlar tarjima jarayonida ob'ektni kerakli kontekstga qarab, ma'no va mohiyatni to‘liq va tushinarli ifodalash tasniflash uchun ishlatiladigan muhim so‘z yoki morfema bo‘lishiga qaramay, ular aniq bir tizimga tushirib o‘rganilmagan. “Cái” [kai] va “con” [kon] hisob so‘zlari vyetnam tilida eng ko‘p qo‘llaniladigan hisob so‘zlardan bo‘lib, semantik jihatdan tadqiqi ko‘pgina tilshunoslarni e'tiborini tortgan mavzular sarasiga kiradi. Shu jumladan, vyetnam tilidagi hisob so‘zlarni o‘zbek vyetnamshunosligida alohida, qiyosiy tadqiq etish, o‘ziga xos xususiyatlari, ularni vujuda keltiruvchi omillar, “cái” va “con” hisob so‘zlarining semantikasi, o‘xshash va farqli tomonlari, grammatik tabiati kabi masalalarini tilning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-nazariy jihatdan tavsiflash, qo‘llanilishdagi o‘ziga xosliklar, istisnoli holatlarni aniqlash va tadqiq etish zarurati yuzaga keladi.
Other Latest Articles
- O‘RTA MAKTAB YOSHDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI TEZ VA OSON O‘RGATISH METODLARI
- SEMANTIC FEATURES OF “TIME” CATEGORY IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
- ONA TILI FANINI O‘QITISHNING O‘ZIGA XOS PRINSIPLARI
- DEVELOPING LEXICAL COMPETENCE OF LANGUAGE LEARNERS THROUGH IT TECHNOLOGIES
- THE PROBLEM OF FINDING ADEQUATE EQUIVALENTS OF PHRASEOLOGICAL UNITS IN LITERARY TRANSLATION
Last modified: 2025-06-27 16:45:33