FARG‘ONA–TOSHKENT ETNOMUSIQA NAMUNALARINING ESTETIK-FALSAFIY MOHIYATI VA MILLIY O‘ZLIKNI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI
Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 4)Publication Date: 2024-06-07
Authors : Yusupova Nargiza Rustamovna;
Page : 665-675
Keywords : etnomusiqa; maqom; “Segoh”; “Munojot”; “Tanovar”; “Rohat”; “Bayot”; estetik tafakkur; milliy o‘zlik; Farg‘ona-Toshkent; xalq og‘zaki ijodi; tarbiya; madaniy meros;
Abstract
Maqolada Farg‘ona–Toshkent etnomusiqasining milliy o‘zlikni anglash va shakllantirishdagi muhim o‘rni yoritilgan. Muallif ushbu musiqiy an'analar orqali xalqning tarixiy xotirasi, o‘ziga xos dunyoqarashi va ma'naviy qadriyatlari qanday shakllanganini tahlil qiladi. Etnomusiqa nafaqat madaniy meros, balki jamiyatda milliy o‘zlikni saqlash va mustahkamlashning vositasi sifatida qaraladi. Etnomusiqaning estetik mohiyati maqolada chuqur yoritilib, undagi badiiy obrazlarning inson ruhiy olamiga ta'siri alohida ta'kidlanadi. Musiqa vositasida insonlar o‘z his-tuyg‘ularini, hayotga bo‘lgan munosabatini va orzu-umidlarini ifoda etadi. Bu holat Farg‘ona–Toshkent musiqiy maktabining o‘ziga xos uslubi, kuy va ohanglaridagi noziklik orqali anglashiladi hamda xalq estetik tafakkurining ifodasi sifatida baholanadi. Maqolada tarixiy va zamonaviy ilmiy manbalar asosida Farg‘ona–Toshkent etnomusiqasi maktabining madaniy barqarorlikdagi o‘rni va tarixiy meros sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi. Ushbu musiqiy meros avlodlar o‘rtasida madaniy uzviylikni ta'minlovchi omil bo‘lib, u nafaqat o‘tmishning ifodasi, balki hozirgi va kelajak avlodlar uchun ham ma'naviy tayanch hisoblanadi.
Other Latest Articles
- ИЗМЕНЕНИЯ В ТАМОЖЕННОЙ ОЦЕНКЕ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН ПОСЛЕ 2016 ГОДА: АНАЛИЗ ЗАКОНОДАТЕЛЬНЫХ ИЗМЕНЕНИЙ И ИХ ВЛИЯНИЕ
- OLIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O‘RNI
- ADVOKATLIK FAOLIYATIDA AXBOROT ERKINLIGI VA REKLAMA: MILLIY VA XORIJIY DAVLATLAR QONUNCHILIGINING SOLISHTIRMA TAHLILI
- ПРАВОВАЯ ПРИРОДА ЦИФРОВОЙ КОММЕРЦИИ: КЛЮЧЕВЫЕ ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ ДЛЯ БИЗНЕСА УЗБЕКИСТАНА
- IJTIMOIY ADOLAT PRINSIPINI TA'MINLASH: KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY TAHLIL
Last modified: 2025-06-28 04:00:08