Moliyaviy bozorlarni rivojlantirishda ipo va spo amaliyotining o‘rni va istiqbollari
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 8)Publication Date: 2025-08-25
Authors : Nigora Tuyg‘unovna Alikulova;
Page : 169-176
Keywords : IPO; SPO; fond bozori; kapital bozorini rivojlantirish; O‘zbekiston; investitsiyalar; aksiyadorlik jamiyatlari; xalq IPO; kapitallashuv; investorlar bazasi; korporativ boshqaruv; Turkiya tajribasi; qiyosiy tahlil;
Abstract
Maqolada IPO va SPO jarayonlarining moliyaviy bozorlarni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, IPO korxonalarga birlamchi kapital jalb etish va jamoatchilikni mulkdorlikka jalb qilish imkonini bersa, SPO kompaniyalar uchun qo‘shimcha resurslar yig‘ish va bozor likvidligini oshirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Turkiya va Janubiy Koreya tajribalari asosida O‘zbekiston fond bozorining rivojlanish istiqbollari baholangan. Xulosalarda mamlakatda IPO va SPO jarayonlarini izchil davom ettirish, investorlar bazasini kengaytirish, bozor infratuzilmasini modernizatsiya qilish va huquqiy asoslarni xalqaro standartlarga moslashtirish zarurligi ta’kidlangan.
Other Latest Articles
- Davlat byudjeti mablag‘lari sarflanishida moliyaviy nazoratni takomillashtirish yo‘llari
- Davlat moliyaviy boshqaruvida maqsadli jamg‘armalarning ahamiyati va rivojlanish istiqbollari
- Маҳаллий бюджетлар даромадларининг шаклланиши ва барқарорлигини таъминлаш йўналишлари
- Korxonalarda investitsiya boshqaruvining zamonaviy modellari: real sektor misolida
- Aholini ijtimoiy himoya qilishda davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlari
Last modified: 2025-08-26 00:15:22