Zamonaviy kutubxonalarning interyer dizayn konsepsiyasini shakllantrish tamoyillari haqida o‘tkazilgan so‘rovnoma tahlili
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 11)Publication Date: 2025-11-25
Authors : T.Sh.Safiyev; N.I.Xasanova;
Page : 285-292
Keywords : zamonaviy kutubxona; interyer dizayni; funksional dizayn; so‘rovnoma; foydalanuvchi ehtiyojlari; yoshlar;
Abstract
Zamonaviy axborot texnologiyalari davrida kutubxonalarning faoliyati va ularning jamiyat hayotidagi o‘rni tubdan o‘zgarib bormoqda. An’anaviy kitob saqlash maskanidan bilimlar markazi, ijtimoiy muloqot va ta’lim makoniga aylanish jarayonida kutubxonalarning interyer dizayni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar jami: 60 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy kutubxona interyerining foydalanuvchilar ayniqsa, yoshlar ehtiyojlari va faoliyatiga ta’sirini, shuningdek, ular uchun eng qulay va talabgir bo‘lgan dizayn elementlarini aniqlashdan iborat. Olingan ma’lumotlar kutubxona dizaynida funksionallik, tabiiy yorug‘lik, ochiq bo‘shliqlar va texnologik jihozlanishning afzalliklarini ko‘rsatib, kelajakdagi kutubxona loyihalarini shakllantirish uchun asosiy tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Other Latest Articles
- Zamonaviy texnologiyalarning atrof-muhitga ta’siri
- Kutubxona xizmatlarining raqamli o‘zgarishini boshqarish
- Olma mevasini quritib qoqi olish va olma qoqisi talqonidan foydali konfetlar tayyorlash texnologiyasi
- Detalning ko‘rinishlarini to‘g‘ri tanlash: nazariy asoslar, me’yoriy talablar va amaliy muhandislik yondashuvlari
- Mahalliy bazalt iplaridan maxsus to‘qimalar ishlab chiqarish
Last modified: 2025-11-26 23:27:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


