Qalamtasvir mashg‘ulotlarida kuzatuvchanlik va tafakkurni rivojlantirish
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 11)Publication Date: 2025-11-25
Authors : Navro‘z Alisher o‘g‘li Suyunov;
Page : 943-954
Keywords : qalamtasvir mashg‘ulotlari; kuzatuvchanlik; tafakkurni rivojlantirish; san’at ta’limi; ijodiy tafakkur; metodika; pedagogik tajriba; qiyosiy tahlil; kuzatuv usullari; nazorat guruhi; tajriba guruhi; obrazli fikrlash; tafsilotlarni idrok etish; pedagogik m;
Abstract
Qalamtasvir mashg‘ulotlarida kuzatuvchanlik va tafakkurni rivojlantirish san’at ta’limining dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu mashg‘ulotlar nafaqat talabalarning chizmachilik ko‘nikmalarini mustahkamlash, balki ularning atrof-muhitni to‘g‘ri idrok etish, tafsilotlarni farqlash va obrazli fikrlash qobiliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada talabalarning kuzatuvchanligini va tafakkurini rivojlantirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Maqolada qalamtasvir mashg‘ulotlarining nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Maqolaning maqsadi - qalamtasvir mashg‘ulotlari jarayonida kuzatuvchanlik va tafakkurni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda kuzatuv, pedagogik tajriba va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Eksperimental ishlar tasviriy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan olib borildi. Natijalar nazorat va tajriba guruhlari faoliyatini taqqoslash orqali baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, maxsus ishlab chiqilgan metodika talabalar kuzatuvchanligini sezilarli darajada oshirdi, tafakkur jarayonida esa obrazli va mantiqiy yondashuv uyg‘unlashdi. Bu esa talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi. Maqola qalamtasvir mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishning kompleks tadqiqotiga bag‘ishlangan bo‘lib, kuzatuvchanlik va tafakkurni rivojlantirishga oid muammolar ochib beriladi. Alohida e’tibor metodikaning pedagogik ahamiyatiga va uni san’at ta’limi jarayoniga tatbiq etish imkoniyatlariga qaratilgan.
Other Latest Articles
- Talabalarda ilmiy-tadqiqot kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari
- Manzara kompozitsiyasini rangtasvir texnologiyasi asosida yaratishning badiiy ifoda vositalari
- Innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida tasviriy san’at darslarining samaradorligini oshirish
- Developing listening comprehension skills in the English language classroom
- Tasviriy san’at darslari orqali o‘quvchilarning estetik madaniyatini rivojlantirishning ilmiy asoslari
Last modified: 2025-11-26 23:27:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


