Oziq-ovqat do‘konlar savdosining aqilli tizim algoritmlarini takomillashtirish
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 12)Publication Date: 2025-12-25
Authors : Abrorjon Maxamatsoliyevich Turg‘unov; Xusanjon Fazlitdin o‘g‘li Abdinazarov;
Page : 80-84
Keywords : aqlli savdo tizimi; avtomatlashtirish; ABS tahlili; tovar kirim hujjati; kompyuter ko‘rish; omborni boshqarish; talabni bashorat qilish; sun’iy intellekt;
Abstract
Ushbu maqolada oziq-ovqat do‘konlarida savdo jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan aqlli dasturiy yechim taklif etiladi. Tizim ta’minotchidan kelgan mahsulotlar ro‘yxatini an’anaviy qo‘lda kiritish o‘rniga, tovar kirim hujjatini rasmga tushirish orqali avtomatik ravishda kirim qilish imkonini yaratadi. Kompyuter ko‘rish texnologiyalari yordamida hujjatdagi mahsulot nomi, miqdori va narxi avtomatik ajratib olinadi hamda tizimga kiritiladi. Shuningdek, tizim ABS tahlil (A - eng zarur, B - o‘rtacha ahamiyatli, S - kam aylanadigan mahsulotlar) asosida ombordagi mavjud tovarlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotlar tez sotilayotganini, qaysilari esa sekin aylanayotganini aniqlab beradi. Savdo statistikasi asosida mahsulotning yana necha kunga yetishini avtomatik taxmin qilish va qayta buyurtma berish vaqtini aniqlash funksiyalari takomillashtiriladi. Bunday yondashuv do‘kon egalari uchun vaqtni tejash, ombor qoldiqlarini optimallashtirish va yo‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Other Latest Articles
- Raqamli ta’lim transformatsiyasida raqamli egizaklarni qo‘llash imkoniyatlari
- SQL tili va SQL operatorlarini yozish
- Улучшение лечебных результатов у пациентов с комбинированными травмами лицевого скелета при учете гигиенического состояния полости рта
- Urganch shahrida dam olish maskanlarini tashkil etishda yangicha yondashuvlar va tabiiy-iqlim xususiyatlari
- Qalajiq qal’asi atrofida rekreatsiya hududlarini tashkil qilish istiqbollari va ushbu hududga loyihaviy takliflar
Last modified: 2025-12-26 04:58:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


