Puflama cholg‘ularni o‘qitishda nazariy tayyorgarlikni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 12)Publication Date: 2025-12-25
Authors : Komil Buronovich Xolikov;
Page : 339-345
Keywords : puflama sozlar; cholg‘u; nazariy tayyorgarlik; pedagogika; metod; musiqa; ta’lim; ijrochilik; ritm; savodxonlik;
Abstract
Mazkur ilmiy tadqiqot puflama cholg‘ularni o‘qitishda nazariy tayyorgarlikni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslarini yoritishga bag‘ishlangan. Ishda puflama cholg‘ular ijrochiligida nazariy bilimlarning tutgan o‘rni, ularning amaliy mashg‘ulotlar bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Tadqiqotda musiqa savodxonligi, ritmik tayyorgarlik, lad-tonallik, musiqiy shakl va ifoda vositalarini o‘zlashtirish nazariy tayyorgarlikning asosiy komponentlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, nazariy tayyorgarlikni shakllantirishda tizimli, kompetensiyaviy va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Interfaol metodlar, amaliy-nazariy integratsiya va refleksiv faoliyat orqali o‘quvchilarning musiqiy tafakkuri va ijrochilik malakalarini rivojlantirish yo‘llari ochib beriladi. Tadqiqot natijalari puflama cholg‘ularni o‘qitish jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Other Latest Articles
- Umumta’lim maktablarida milliy torli cholg‘u ta’limini takomillashtirishga oid pedagogik strategiyalar bo‘yicha ilmiy izlanishlar
- O‘quvchilarda folklor qo‘shiqlari vositasida vokal-xonandalik malakalarini shakllantirishning texnologiyalarini takomillashtirish omillari
- Umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarida musiqa to‘garaklarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari
- Musiqiy ta’lim yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishga innovatsion yondashuv
- Sport va musiqaning inson tarbiyasidagi psixologik omillari: integratsiyali yondashuv va tarbiyaviy ta’siri
Last modified: 2025-12-26 04:58:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


