Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 12)Publication Date: 2025-12-25
Authors : Kamola Ilhomovna Kurbonova; Salomat Yusupovna Norova;
Page : 835-843
Keywords : mintaqaviy iqtisodiyot; raqamli transformatsiya; yashil iqtisodiyot; innovatsion klaster; inson kapitali; barqaror rivojlanish; O‘zbekiston mintaqalari; Sh.Mirziyoyev konsepsiyasi 1 Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston respublikasi prezidentining 2021-yil 29-yanv;
Abstract
Ushbu ilmiy maqola zamonaviy globallashuv, texnologik inqilob va ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiya sharoitida mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini kompleks tahli qiladi. Maqolada raqamli transformatsiya, yashil iqtisodiyot, innovatsion klasterlash, inson kapitalini rivojlantirish va mintaqalararo integratsiya kabi dolzarb yo‘nalishlar chuqur o‘rganilgan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, u nafaqat global tendensiyalarni, balki O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitida mintaqaviy rivojlanish strategiyalarini, xususan, prezident Shavkat Mirziyoyevning konseptual yondashuvlari1 va amaliy siyosatlarini qamrab oladi. Maqolada mintaqaviy rivojlanishning turli tendensiyalarining o‘zaro bog‘liqligi va sinergetik ta’siri tahli qilinib, ularning mintaqalarning barqaror taraqqiyotiga ta’siri aniq ko‘rsatib berilgan. Metodologik jihatdan maqolada qiyosiy tahli, statistik tahli, nazariy tahli va holatlar tadqiqoti usullari qo‘llanilgan. Raqamli transformatsiya tendensiyasi doirasida "Aqlli mintaqalar" konsepsiyasi va uning O‘zbekistonda qo‘llanilish imkoniyatlari o‘rganilgan. Yashil iqtisodiyot bo‘limida esa aylanma iqtisodiyot modeli va ekologik barqarorlikning mintaqaviy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy mintaqaviy rivojlanish tendensiyalari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularning samarali amalga oshirilishi mintaqalarning raqobatbardoshligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy tafovutni kamaytirish va barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini beradi. O‘zbekiston kontekstida aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-2023 yillarda mintaqalararo YaIM tafovuti 3,5 baravardan 2,1 baravarga qisqargan, viloyatlarning eksport hajmi esa 2,8 baravar o‘sgan.
Other Latest Articles
- Buxoro viloyatida mehnat bozori dinamikasi tahlili
- Mamlakatning yalpi ichki maxsuloti bilan sof milliy daromad o‘rtasidagi bog‘liqlikning statistik tahlili (Yaponiya davlati misolida)
- Совершенствование орфографической грамотности учащихся средствами интерактивных упражнений
- Развитие мотивации к изучению русского языка средствами внеурочной деятельности
- Гендерная политика по обеспечению равенства женщин в образовании
Last modified: 2025-12-26 04:58:42
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


