Inson stressini musiqa orqali barqarorlashtirishda individual farqlarni nazariy asoslari
Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)Publication Date: 2026-01-25
Authors : Dilfuza Jumabekova Ktaybekova;
Page : 555-560
Keywords : musiqa terapiyasi; stress; individual farqlar; barqarorlik; psixofiziologik holat; emotsional barqarorlik; kognitiv jarayonlar; ritm; relaksatsiya; interfaol mashg‘ulotlar;
Abstract
Ushbu maqolada inson stressini musiqa orqali barqarorlashtirishda individual farqlarni nazariy asoslari ilmiy-tahlil jihatdan o‘rganiladi. Tadqiqot stressning fiziologik, psixologik va emotsional mexanizmlarini, shuningdek, musiqa terapevtik yondashuvlarining individual xususiyatlarga bog‘liq samaradorligini tahlil qiladi. Maqolada musiqaning ritmik, melodiya, tempo va janr elementlari insonning individual psixofiziologik xususiyatlariga qarab stressni boshqarishga qanchalik ta’sir qilishi, shuningdek, individual yondashuv va interfaol metodlarning samaradorligi nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari musiqa terapiyasining individual xususiyatlarni hisobga olgan holda stressni barqarorlashtirishda samarali strategiyalarni shakllantirish imkonini berishini ko‘rsatadi.
Other Latest Articles
- Musiqa orqali stressga bardoshlilikni oshirish metodlarini nazariy asoslarini ilmiy tahlil etish
- Musiqa terapiyasida stress reaksiyalarini boshqarish strategiyalarini nazariy asoslari
- O‘zbek zarbli cholg‘ulari ta’limida og‘zaki an’analar va yozma manbalar integratsiyasi
- Doira ijrochiligi madrasasining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari
- Milliy zarbli cholg‘ular pedagogikasining tarixiy-nazariy asoslari
Last modified: 2026-01-25 12:21:45
Share Your Research, Maximize Your Social Impacts


