ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

O‘zbek xalq vokal uslublarini xor san’atida qo‘llash imkoniyatlari

Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 688-694

Keywords : o‘zbek xalq vokali; xor san’ati; ijodiy ko‘nikmalar; ritmik va melodik xususiyat; ifodaviylik; interfaol metodlar; musiqiy pedagogika; kollektiv ijro; audio-video tahlil; milliy o‘zlik;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Maqolada o‘zbek xalq vokal uslublarini xor san’atida qo‘llash imkoniyatlari, ularning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Xor ijrochiligida milliy vokal uslublarni joriy etish orqali nafaqat musiqiy ifodaning boyligi oshadi, balki talabalarda milliy o‘zlikni anglashi va ifodaviy mahorati rivojlantiriladi. Tadqiqotda xalq vokal uslublari elementlarini xor repertuariga moslashtirish metodlari, interfaol mashg‘ulotlar va audio-video tahlil asosida ijodiy ko‘nikmalarni shakllantirish yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, maqolada xor san’atida o‘zbek vokal uslublarining ritmik, melodik va emotsional xususiyatlarini uyg‘unlashtirish, talabalarda kollektiv ijro madaniyatini rivojlantirish va musiqiy pedagogik samaradorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari xalq vokal merosini zamonaviy xor ijrochiligida samarali qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Last modified: 2026-01-25 12:21:45