ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Doira o‘rgatishda milliy musiqa merosini saqlash va targ‘ib qilish masalalari

Journal: Science and Education (Vol.7, No. 1)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 814-818

Keywords : doira; milliy musiqa; meros; an’ana; ijrochilik; ta’lim; metodika; folklor; ritm; madaniyat;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Ushbu maqolada doira cholg‘usini o‘rgatish jarayonida milliy musiqa merosini saqlash va targ‘ib qilish masalalari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil etiladi. O‘zbek milliy musiqa madaniyatida doira cholg‘usi muhim o‘rin tutib, xalq og‘zaki ijodi, an’anaviy ijrochilik maktablari va marosim amaliyoti bilan chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqotda doira ijrochiligini o‘qitishda an’anaviy va zamonaviy pedagogik metodlarning uyg‘unlashuvi, milliy usullarni yosh avlod ongiga singdirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida milliy ritmik naqshlar, maqom va folklor namunalaridan foydalanishning samaradorligi yoritiladi. Maqolada musiqiy ta’lim orqali madaniy merosni avaylab-asrash, ijrochilik an’analarini davom ettirish hamda ularni zamonaviy ta’lim tizimiga moslashtirish muhim vazifa ekani asoslab beriladi.

Last modified: 2026-01-25 12:21:45