ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Renet Simirenko olma barglarining yashil va sarg‘aygan holatlarida biokimyoviy tarkibining qiyosiy tahlili

Journal: Science and Education (Vol.7, No. 2)

Publication Date:

Authors : ; ; ;

Page : 47-54

Keywords : Renet Simirenko; Malus domestica; olma bargi; senesensiya; xlorofill; karotinoidlar; fenolli birikmalar; mineral elementlar; biokimyoviy tahlil; oziqa elementlari remobilizatsiyasi;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Mazkur tadqiqotda Renet Simirenko navli olma (Malus domestica Borkh.) barglarining yashil va tabiiy sarg‘aygan bosqichlarida biokimyoviy tarkibidagi o‘zgarishlar qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot davomida fotosintetik pigmentlar, umumiy fenolli birikmalar hamda asosiy mineral elementlar miqdori aniqlanib, ularning senesensiya jarayonidagi dinamikasi baholandi. Olingan natijalar barglarning sarg‘ayishi jarayonida xlorofill miqdori keskin kamayishini, aksincha ayrim fenolli birikmalar va mineral elementlarning qayta taqsimlanishi kuzatilishini ko‘rsatdi. Yashil barglarda fotosintetik faollik yuqori bo‘lgani holda, sarg‘aygan barglarda metabolik qayta tuzilish jarayonlari ustunligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari olma daraxtlarida oziqa elementlarining remobilizatsiya mexanizmlarini tushunish hamda bog‘larni oziqlantirish tizimini optimallashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Last modified: 2026-02-24 10:36:19