Musiqa savodi faoliyatida multimedia vositalaridan foydalanishning amaliy ahamiyati
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 4)Publication Date: 2025-04-25
Authors : Islom Ilxom o‘g‘li Axtamov;
Page : 172-177
Keywords : musiqa savodi; multimedia vositalari; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari; interaktiv ta’lim; didaktik vositalar; amaliy tajriba; raqamli ta’lim;
Abstract
Mazkur maqolada musiqa savodini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Maqolada multimedia vositalarining afzalliklari, ularning musiqa savodxonligini oshirishdagi funksional vazifalari hamda amaliyotda qo‘llanilish tajribalari haqida so‘z yuritiladi. Ushbu annotatsiyada aynan musiqa savodi darslarida multimedia vositalaridan foydalanishning amaliy ahamiyati, ularning pedagogik imkoniyatlari va natijadorligi yoritib beriladi. Musiqa savodi darslarida bunday vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning musiqiy eshitish, tahlil qilish, eslab qolish va ijodiy fikrlash qobiliyatlari sezilarli darajada oshadi. An’anaviy dars metodikasi bilan solishtirilganda, multimedia yondashuvi interaktivlik, didaktiklik va vizual yondashuv orqali o‘quv jarayonini jonlantiradi.
Other Latest Articles
- Filologik ta’limda ijtimoiy-madaniy kompetentsiyalar
- Musiqa ta’limida innovatsion g‘oyolardan foydalanish orqali metodologik qarashlarni shakllantirish
- Musiqa ta’limida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, innovatsion g‘oyolardan foydalanishning nazariy asoslari
- Vatanparvarlik tarbiyasi tushunchasi va ahamiyati
- Xalq qo‘shiqlaridan ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari
Last modified: 2025-04-26 12:49:03