ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

Tilda ifoda va san’atda tasvir: inson tafakkurining ikki qirrasi

Journal: Science and Education (Vol.6, No. 4)

Publication Date:

Authors : ; ;

Page : 366-369

Keywords : emotsional va intiutiv yo‘nalish; fikr chegarasi; minnatdorlik; moliyaviy savodxonlik; kamolotga intilish; salbiy fikirlash; qo‘rquv; vaqt taqsimoti;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Tilda ifoda va san’atda tasvir - bu inson tafakkurining ikki qanoti kabidir: biri so‘z orqali ma’no izhor etsa, ikkinchisi ranglar va shakllar orqali tuyg‘uni jonlantiradi. Til aqlni gapirsa, san’at yurakni so‘zlatadi; biri fikrni tartibga soladi, ikkinchisi uni erkinlikka chorlaydi. Ular birgalikda inson ongining chuqurligini, borliqni anglash istagini va ichki olamini to‘la ochib beradi. Bu - inson tafakkurining ikki qarama-qarshi, ammo uyg‘un qirrasidir. Til orqali inson o‘z fikrini aniqlik va mantiq doirasida ifoda etsa, san’at orqali u ichki kechinmalarini, ong ostidagi noaniq, ammo teran tuyg‘ularini namoyon etadi. Birinchisi - tafakkurning mantiqiy asosini, ikkinchisi esa emotsional va intuitiv yo‘nalishini o‘zida aks ettiradi. Bu ikki ifoda shakli birgalikda inson ruhiyatining murakkab va ko‘p qatlamli tabiatini ochib berishga xizmat qiladi. Inson tafakkur qilar ekan, uni doim ziddiyatlarga soluvchi ikki qarash mavjud bo‘ladi. Inson bir narsani o‘ylar ekan, shu zahotiyoq uning qarashlariga qarshi fikr tug‘iladi. Hammaga ma’lumki, tafakkur - inson aqliy faoliyatining eng yuksak shakli. Demak, biz tasavvur qilgan narsaning o‘ziyoq tafakkurimizda shakllanib bo‘lgan bo‘ladi. Biz o‘ylagan fikrlar esa tasavvurimizda. Inson qachonki fikr chegarasini kesib o‘tar ekan, uning bu ishga bo‘lgan ishonchi ortadi, muvaffaqiyati kengayadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi: bu jarayon mobaynida insonga to‘sqinlik qiluvchi obyektiv yoki subyektiv muammolar uchrasa-chi? Bunda insonga uning ongi, ya’ni aqli yordamga keladi. Ong odamlar hayotida ular tanlaydigan va qo‘llab-quvvatlaydigan fikrlari tufayli ham hukmronlik qiladi. Ongni xuddi xarakterning ichki “kiyimi” va sharoitlarning tashqi “kiyimi”ni tikuvchi chevarga o‘xshatish mumkin. Agar hozirgacha siz og‘riq va umidsizlikni his qilgan bo‘lsangiz, endilikda to‘g‘ri fikrlash orqali siz baxt va ruhiy poklanishga erishishingiz mumkin. Insonlar doim muloqotda bo‘ladi, gaplashadi va suhbat quradi. Ular boshqalarga ichki hislarini tilda ifoda qilishadi. Fikrini ifodalab berishda ko‘maklashuvchi eng muhim vosita bu - til. Ba’zida esa til insonning o‘ziga qarshi vosita sifatida ham ishlashi mumkin.

Last modified: 2025-04-26 12:49:03