STEAM ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirishning innovatsion texnologiyalari
Journal: Science and Education (Vol.6, No. 5)Publication Date: 2025-05-25
Authors : Azizbek Botirali o‘g‘li Xasanboyev;
Page : 296-301
Keywords : SWOT-tahlil; Case-study; refleksiv texnologiyalar; kognitiv; davra stoli; integratsiya; izlanuvchanlik;
Abstract
Bugungi globallashuv sharoitida o‘z maqsadlari va vazifalarini ongli yo‘naltira oladigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Ana shu ma’noda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun yetarli shart-sharoit yaratish masalasi o‘quv amaliyotida keng muhokama qilinmoqda. Talaba-yoshlarga zamonaviy bilimlar berish va rivojlantirishda o‘quv - tadqiqot faoliyati va izlanishli ijodiy faoliyat ko‘nikmasini shakllantirish eng asosiy vazifa sifatida qaralmoqda. Boshlang‘ich sinfdan boshlab bu faoliyatga yo‘naltirish juda muhim sanaladi, chunki bu bosqichda talabaarning bilim, ko‘nikmalarini shakllantirish, ijodiy va mustaqil faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish, bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, sintez qilish va faoliyat natijalarini baholay bilishlariga o‘rgatish orqali kognitiv faoliyat tashkil etiladi. Shu bilan bir qatorda talabaarni dastlabki tadqiqot ishlariga yo‘naltirish ham bu muammoni hal qilishning eng muhim yechimlaridan biridir. Talabaarning “kichik tadqiqotchi” mavqeiga erishishdagi dastlabki qadamlari zamonaviy rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish uchun poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang‘ich sinf talabaarining izlanishli-ijodiy faoliyatga bo‘lgan ehtiyoji har bir bolada genotipik jihatdan turlicha determenatsiyalashgan bo‘lib, ba’zi bolalar ilmiy faoliyatka layoqat bilan tug‘iladi. Ayrim bolalar esa ijtimoiylashuv jarayonida - o‘yin, kattalar va tengdoshlari bilan bevosita muloqot, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi maxsus tashkil etilgan mashg‘ulotlar davomida bunday imkoniyatga ega bo‘lib boradilar. Izlanishli - ijodiy faoliyat doimo hodisalar va voqealarning tub mohiyatini anglash, yangi taassurotlar olishga bo‘lgan barqaror qiziqish, amaliy tajribalar o‘tkazishga chanqoqlik, faollik, tabiat hodisalari haqida mustaqil ravishda yangi ma’lumotlarni izlashga bo‘lgan istakning mavjudligi, kuzatish va tajriba o‘tkazish kabi muhim xususiyatlarni taqozo etadi.
Other Latest Articles
- Ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat va nodavlat sektorlarning hamkorligi
- Addiktiv xulq-atvor profilaktikasi: zamonaviy yondashuvlar va samarali strategiyalar
- Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish
- Ayollarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashda loyiha asosli liderlik dasturlarining samaradorligi
- Inkluziv ta’lim va uni amalga oshirish bosqichlari
Last modified: 2025-05-26 01:52:42