ResearchBib Share Your Research, Maximize Your Social Impacts
Sign for Notice Everyday Sign up >> Login

KO‘RFAZ MINTAQASIDA ERON ENERGETIKA DIPLOMATIYASI

Journal: Oriental Reniassance: Innovative, educational, natural and social sciences (Vol.5, No. 1)

Publication Date:

Authors : ;

Page : 72-79

Keywords : Eron; Fors ko‘rfazi energetika diplomatiyasi; energiya siyosati; energetika bozori; energetk hamkorlik; uglevodorodlar; xalqaro munosabatlar; tashqi siyosat; xavfsizlik; neft; gaz; xalqaro sanksiyalar.;

Source : Downloadexternal Find it from : Google Scholarexternal

Abstract

Fors ko‘rfazi mintaqasida Eronning energetik diplomatiyasi strategik ahamiyatga ega. Mamlakat uglevodorodlar va energiya resurslarining katta zaxiralariga ega bo‘lib, uni mintaqaviy va global miqyosda muhim o‘yinchiga aylantiradi. Eronning energetika siyosati, shu jumladan neft va gaz eksporti va energetika infratuzilmasini rivojlantirish uning mintaqadagi iqtisodiy va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam beradi. Shu bilan birga, Eron mintaqaning boshqa mamlakatlari va jahon energiya bozorlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda milliy manfaatlarga muvofiqligini ta'minlash maqsadida o‘zining energetika diplomatiyasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Ushbu maqolada Eronning energetika diplomatiyasining mintaqaviy va xalqaro siyosatdagi o‘rni, shuningdek, uning energiya resurslarini boshqarish va eksport qilish strategiyasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot Eronning energetika diplomatiyasining mintaqaviy va global energetika bozorlariga ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada Eronning energetika diplomatiyasining Fors ko‘rfazi qo‘shni davlatlari bilan aloqalarni mustahkamlashdagi o‘rni, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikka ta'siri chuqur o‘rganilgan. Tadqiqot xalqaro hujjatlar, shu jumladan, Eronning energetika siyosati bilan bog‘liq rasmiy hujjatlar, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va tahliliy maqolalarida asoslangan. Bundan tashqari, tadqiqotda Eronning energetika diplomatiyasi bo‘yicha mutaxassislarning fikrlari va baholari o‘rganilgan.

Last modified: 2025-06-26 02:08:54